Tavallo

Tavallud topgan sana: 1882 yil

Vafot etgan sana: 1937 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Shoirlar

9263

Tarjimai hol

Tavalloning qaysi she’rini o‘qimang, ularning har birida inson ma’naviyati, axloq masalalari va muloyimlik haqida yozganlаrini ko‘rasiz. Ammo bizgacha uning turli adabiy janrdagi she’rlardan tashkil topgan “Ravnaq ul-Islom” nomli to‘plamigina yetib kelgan.

To‘liq ismi To‘lagan Xo‘jamyorov, she’rlariga “Tavallo” tahallusini qoldirgan. U 1882 yil Toshkentning Ko‘kcha mahallasida olimlar oilasida dunyoga kelgan.

Boshlang‘ich ta’limni eski uslubdagi maktabda olib, keyingi tahsilini “Beklarbegi” madrasasida davom ettiradi. Bu madrasa Eski Juva dahasida joylashgan bo‘lib, ikki qavatli bino bo‘lgan, o‘quvchilar o‘sha yerda ham o‘qib, ham yashashgan. Ushbu madrasada Muqimiy va Furqat kabi o‘zbek mumtoz adabiyotining namoyondalari ham bitirishgan. Bu yerda Tavallo madaniyat va adabiyot olamiga g‘arq bo‘lib, ijodiy faoliyat muhabbati bilan to‘yina olgan.

Oktabr inqilobidan so‘ng u davlat tashkilotiga ishga kiradi. Shuningdek, “Mushtum” jurnalining faol jurnalisti ham bo‘lgan.

Uning 1916 yil chop etilgan “Ravnaq ul-Islom” nomli she’riy to‘plamining yagona nusxasi saqlanib qolgan. U 1993 yil professor B. Qosimov tomonidan qayta nashrdan chiqarilgan bo‘lib, qo‘shimcha so‘zboshi va sharhlar bilan boyitilgan.

20-yillar uning ijod namunalari “Mushtum” jurnalida “Mag‘zava” tahallusi ostida ko‘p chop etilgan. Shu o‘rinda, hajviy janrdagi 10 ga yaqin she’rlari ham chop etilgan.

1906 yil u nashriyotda faoliyatini boshlaydi. S. Abdulla va Avloniylar bilan birga ular “Turon” jamoat birlashmasida ishlaydi, keyinroq, birgalikda “Nashriyot” ochishadi. Tavalloning shoirlik rivojida Yusuf Saryomiy juda yordam berib, unga “Tavallo” tahallusining ham o‘zi bergan. Yusuf Saryomiyning she’rlari 20-yillar boshida turli nashriyotlarda tez-tez chop etilgan, 1914 yil esa “Sabzavor” nomli ilk she’riy to‘plami nashrdan chiqadi.

Tatar shoiri Abdulla To‘qayning vafot etgan kuniga bag‘ishlab Tavallo unga atab she’r yozadi. Unga To‘qay juda namunali inson bo‘lganligi, bir umr xalqning farovonligi uchun mehnat qilganligi haqida yozgan.

1905 yil u jadidlarga qo‘shiladi, bu yillar gazeta va jurnallarda keyingi she’rlari chop etiladi: “Taraqqiy”, “Shuhrat”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona”.

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” asari asosida Toshkentdagi “Kolizey” (sobiq Sverdlovsk zali) teatri sahnasida teatr asarini sahnalashtiradi. Ushbu sahna asariga u, shuningdek, bir qator she’rlar ham yozadi. Ular hech bir tahririyatda chop etilmagan, biroq 1916 yil ular “Ravnaq ul-Islom” she’riy to‘plamida chiqadi.

To‘plamning nomi va undagi birinchi she’r islom ruhiyatiga ega bo‘lsa-da, qolgan 70 ta she’r hajviy janrda yozilgan. Ushbu she’rlar vatanparvarlik, ma’naviy va axloqiy ruhda yozilgan. Ko‘plab she’rlari ta’lim, tarbiya, din masalalariga bag‘ishlangan.

Taniqli yozuvchi Oybek o‘zining “Bolalik” hikoyasida Tavallоning ijod namunalarini ko‘p karra esga olib, uning adabiyot rivojiga qo‘shgan aql bovar qilmas hissasini hurmat ila yodga olgan.

1937 yil 10 noyabr kuni Ichki Ishlar Xalq komissarligi uni otishga hukm qiladi. Uning qabri noaniqligicha qolgan.

“Ravnaq ul-Islom” to‘plami o‘limidan so‘ng e’tirof etilgan va Mustaqillik yillari, 1992 yil qayta nashr etilgan.

Rasmlar galereyasi