Tog‘ay Murod

Tavallud topgan sana: 1948 yil

Vafot etgan sana: 2003 yil

Tug'ilgan joy:Surhondaryo

Yo'nalishlar: Yozuvchilar

23679

Tarjimai hol

Tog‘ay Murod (1948-2003) — uning asl ism-sharifi Tog‘aymurod Mengnorov bo‘lib, Tog‘ay Murod adabiy tahallusidir. U 1948 yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanining Xo‘ja Soat qishlog‘ida dunyoga kelgan. O‘rta maktabni 1966 yilda tugatib, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1994 yil yozuvchi Abdulla Qodiriy nomidagi Respublika mukofoti sovrindori bo‘lgan, 1999 yil unga “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni topshirilgan.

Tog‘ay Murod respublika radiosida muharrir (1972-1976), “O‘zbekiston jismoniy tarbiyachisi” gazetasida tarjimon (1976-1978), “Fan va turmush” jurnalida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan (1982-1984). 1985-1987 yillar Moskvadagi adabiyot institutida tahsil olgan.

Ilk qissasi - “Yulduzlar mangu yonadi” (1976) orqali kitobxonlar orasida yetuk, o‘ziga xos yozuvchi sifatida tanilgan.

Tog‘ay Murodning har bir yangi asari respublikaning adabiy hayotida muhim voqeaga aylanadi: “Ot kishnagan oqshom” (1979), “Oydinda yurgan odamlar” (1980) va “Momo Yer qo‘shig‘i” (1985).

“Oydinda yurgan odamlar” qissasi uchun Oybek nomidagi mukofotga sazovor bo‘lgan. 1993 yil “Yoshlik” jurnalida “Otamdan qolgan dalalar” romani chop etilgan. Barcha gazeta va jurnallarda Tog‘ay Murod asarlarining o‘ziga xos xarakteri haqidagi ajoyib taqrizlar, maqolalar chop etilgan.

Tog‘ay Murod Jek Londonning hikoyalarini va dramasini, Ye.Seton-Tompsonning mashhur “Yovvoyi yo‘rg‘a” kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

2001 yil Tog‘ay Murodning ikkinchi romani “Bu dunyoda hatto o‘lim yo‘q” nashrdan chiqadi.

Tog‘ay Murodni, avvalam bor, davrning ijtimoiy masalalari, insonning axloqiy qiyofasi, mehnatga, insonlarga bo‘lgan munosabati tashvishga soladi. Burch, majburiyat, mehnatkashlik, jasorat, haqqoniylik, samimiylik, mehribonlik - shular yozuvchi badiiy so‘z orqali ifoda etgan insoniy hislatlardir. Tog‘ay Murodning “Ot kishnagan tun” qissasining qahramoni - oddiygina cho‘pon yigiti Ziyodilla ham shunday hislatlarga ega bo‘lgan.

Ijod namunalari

“Ot kishnagan oqshom” (1979)

“Oydinda yurgan odamlar” (1980),

“Momo Yer qo‘shig‘i” (1985)

Video galereya

Rasmlar galereyasi