Sultonov Jo‘raxon

Tavallud topgan sana: 1903 yil

Vafot etgan sana: 1965 yil

Tug'ilgan joy:Marg‘ilon

Yo'nalishlar: Qo‘shiqchilar

8187

Tarjimai hol

Yetuk o‘zbek xonandasi, sozanda va xalq hofizi, o‘zining yoqimli qo‘shiqlari bilan tinglovchilarni maftun etib, o‘zining mustahkam o‘rnini topgan, el nazariga tushgan usta hofizdir. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni sohibi.

Yetuk o‘zbek xonandasi, sozanda va xalq hofizi Jo‘raxon Sultonov 1903 yilda Marg‘ilonda tug‘ilgan.

1920 yilda M.Qoriyoqubov birinchi etnografik ansambl tuzib, unga Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, To‘xtasin Jalilov, Ahmad Umrzoqov, Abduqodir Ismoilovlarni taklif etarkan, Jo‘raxon Sultonov ham shu ansambl bilan Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Astraxan va Boku shaharlarida ijodiy safarda bo‘lib, o‘zining yoqimli qo‘shiqlari bilan tinglovchilarni maftun etdi.

Bu ijodiy safardan muvaffaqiyat qozonib qaytgan hofiz 1928 yildan musiqali drama, 1932 yildan O‘zbek Davlat musiqali teatrida, 1936-1939 yillarda O‘zbek Davlat filarmoniyasida, 1940 yildan-1950 yillargacha Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatrida, 1950-1958 yillarda O‘zbek Davlat estradasida faoliyat ko‘rsatgan.

Rasmlar galereyasi