Sirojiddin Sayyid

Tavallud topgan sana: 30 oktabr 1956 yil

Tug'ilgan joy:Surxondaryo

Yo'nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

14133

Tarjimai hol

O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid 1958-yil 30-oktyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tavallud topgan. Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Toshkent oqshomi” gazetasi, “Mushtum” jurnalida ishlagan.

Keyingi yillar O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, “Sharq yulduzi” jurnalining bosh muharriri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Shu kungacha Sirojiddinning “Ruhim xaritasi”, “Salqin xarsanglar kaftida”, “Sevgi mamlakati”, “Asragil”, “Mehr qolur, muhabbat qolur”, “Kuydim” va “Vatanni o‘rganish” kabi bir qator she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Agar uning birinchi “Orzu” nomli she’ri 1975-yilda chop etilgan bo‘lsa, birinchi to‘plami “Ruhim xaritasi” nomi bilan 1985-yilda chop etilgan.

A.Voznesenskiy, B.Axmadulin, V. Visotskiy, A.Faynberglarning ko‘plab she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Bu ijod namunalari Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya, Koreya, Tojikiston va Turkmanistonda chop etilgan.

Video galereya

Rasmlar galereyasi