Sharafiddinov Ozod 

Tavallud topgan sana: 1929 yil

Vafot etgan sana: 2005 yil

Tug'ilgan joy:Qo’qon

Yo'nalishlar: Adabiyotshunoslar, Yozuvchilar

20996

Tarjimai hol

Ozod Sharofiddinov adabiyoshunos, adabiy tanqidchi. O.Sharofiddinov 1929-yil 1-martda Qo‘qon yaqinidagi Oxunqaynar qishlog‘ida tug‘ildi. Toshkentdagi 14-o‘rta maktabni, O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetini tugatdi (1951). Moskvada aspiranturani, keyinchalik fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955).
Ozod Sharofiddinov nazm muammolari bilan shug‘ullanib, o‘zbek she’riyati va uning holati haqida adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi. O‘sha davrdagi ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari “Zamon. Qalb. Poeziya” (1962) asarida o‘z aksini topgan.
XX asrning 60-80-yillarida u Cho‘lpon hayoti va ijodini targ‘ib qilishga intildi. O. Sharafiddinov o‘zbek adabiyotining Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi: “Iste’dod jilolari” (1976), “Adabiy etyudlar” (1968), “Abdulla Qahhor” (1988), “Birinchi mo‘jiza” (1979). Olim ijodida o‘zga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan “Yalovbardorlar” (1974) adabiy-tanqidiy ocherklar kitobi muhim o‘rin egallaydi.
Ozod Sharafiddinov XX asrning 60- yillaridan XIX asrgacha bo‘lgan o‘zbek adabiy jarayonidagi holatlarni “Talant – xalq mulki” (1979), “Adabiyot – hayot darsligi” (1981), “Go‘zallik izlab” (1985), “Haqiqatga sadoqat” (1988), “Sardaftar sahifalari” (1999), “Prezident” (2003) singari asarlarida aks ettirdi.
Mustaqillik yillarida O.Sharjfiddinov ham adabiy tanqidchi, ham tarjimon, ham jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirdi. “Cho‘lpon” (1991), “Cho‘lponni anglash” (1994) kitoblari, “E]tiqodimni nega o‘zgartirdim” (1997) asarlarida munaqqidning estetik prinsiplari aks etgan. Keyingi yillarda O.Sharofiddinov o‘zbek adiblari, madaniyat-san’at arboblari, olimlar haqida o‘nlab maqolalar yozdi. U jahon adabiyotining ko‘plab namoyandalari "Ko‘lmak suvda quyosh parchasi" (Fransuaza Sagan), “Qadimgi xitoy nasri namunalari”, “Monumental targ‘ibot” (Vl. Boynovich), “Al-kimyogar” (Paulo Koelo) singari.asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi.
Ozod Sharofiddinov XX asrning 90-yillari o‘rtalarigacha O‘zbekiston milliy universitetida professor bo‘ldi. 1995—1997-yillarda “Tafakkur” jurnali bosh muharrir o‘rinbosari vazifasini o‘tadi.
U 1997-yildan "Jahon adabiyoti" jurnalining bosh muharriri. Ozod Sharofiddinov Beruniy nomidagi Davlat Mukofoti laureati (1970), “Buyuk xizmatlari uchun” (1999), “Mehnat shuhrati” (1997) ordenlari sohibi. 2002-yil 23-avgustda Ozod Sharafiddinovga “O‘zbekiston qahramoni” unvoni berildi.
Taniqli munaqqid Sharofiddinov 2005-yil 76-yoshida vafot etdi.

Video galereya

Rasmlar galereyasi