Salim Ashur

Tavallud topgan sana: 16 dekabr 1964 yil

Tug'ilgan joy:Tojikiston

Yo'nalishlar: Tarjimonlar, Shoirlar

6230

Tarjimai hol

Shoir Salim Ashur o‘z ijodi bilan respublika matbuotida muntazam qatnashib, she’rlari qator jamoa to‘plamlarida chop etilgan. U bir qator she’riy va nasriy tarjimalari bilan ham o‘quvchi e’tiborini qozongan.

Shoir Salim Ashur 1964 yil 16 dekabrda Tojikiston Respublikasining Qo‘rg‘ontepa viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida dehqon oilasida tug‘ildi.

Salim Ashurning ota-onasi Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumaniga ko‘chib o‘tadi va Salimning bolalik hamda o‘smirlik yillari Qiziriq cho‘llarida kechadi.

U 1982 yili shu yerdagi o‘rta maktabni tugatib, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kiradi va uni 1989 yilda tugatadi.

Uning ilk she’rlari 6-sinfda o‘qiyotgan kezlarida tuman gazetasida bosiladi. Respublika matbuotida esa shoirning birinchi she’ri 1979 yili «Gulxan» jurnalida chop etilgan.

Salim 1990-1994 yillari «Saodat» jurnalida, 1994-1996 yillari esa «O‘zbekiston ovozi» gazetasida ishlaydi.

Hozir u «Turkiston» gazetasida bosh muharrir bo‘lib ishlamoqda.

1994 yili shoirning «Yashil giyoh» va «Atirgul» kabi she’riy kitoblari nashr etiladi. Shuningdek, «Atalgan kunlar» (2004), «Sensiz» (2005), «Darz» (2005) to‘plamlari nashr etildi. U bir qator she’riy va nasriy tarjimalari bilan ham o‘quvchi e’tiborini qozongan.

Rasmlar galereyasi