Salixov Shavkat Ismoilovich

Tavallud topgan sana: 12 dekabr 1944 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Biologlar, Kimyogarlar

9736

Tarjimai hol

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti (2006 yilning 13 martidan boshlab hozirga qadar).

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi (1995 y.), biologiya fanlari doktori

Bioorganik kimyo sohasidagi olim, fan tashkilotchisi va jamoat arbobi.

1944 yil 12 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 

O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rstgan fan arbobi (1998 y.)

Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU)ni tamomlagan. O’zR FA Bioorganika kimyo institutida ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, diretkor bo’lib ishlagan.

 2006 yildan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qo’mitasi raisi (jamoatchilik asosida), Senator (2006 yildan), O’zMU qoshidagi Yuqori texnologiyalar markazi Vasiylik kengashi raisi (2011 yildan) hisoblanadi.

350 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 2 ta monografiya, 56 ta ixtiro va 40 dan ziyod patent muallifi. 7 nafar fan doktori va 25 nafardan ortiq fan nomzodlarini tayyorlagan. 2008 yilda «El-yurt Hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.

Akademik Shavkat Solixov mamlakatimiz Fanlar akademiyasining xorijiy a'zosi unvoniga sazovor bo'lgan birinchi olim bo'lib qoldi.

2008 yil "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlandi.

Rasmlar galereyasi