Safarov Ruben Akopovich

Tavallud topgan sana: 1930 yil

Vafot etgan sana: 11 iyul 2016 yil

Tug'ilgan joy:Andijon

Yo'nalishlar: Yozuvchilar

4645

Tarjimai hol

Ruben Safarov – fan va texnika tarixi sohasi bo‘yicha taniqli olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi.

R.Safarov 1930-yil Andijon shahrida tug‘ildi. 1953-yili Moskva yuridik institutini tamomlagan. 1963-yil nomzodlik, 1982-yil doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1989-yil O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zosi etib saylangan.

O‘zining 60-yildan ortiq mehnat faoliyati davomida R.Safarov Andijon viloyati adliya boshqarmasi nazoratchisi, “Andijon haqiqati” gazetasi muharriri, Davlat matbuot qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, “Pravda Vostoka” gazetasi bosh muharriri lavozimlarida mehnat qilgan. U mamlakatimizning tarix va jurnalistika sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan.

Ushbu sohalardagi kitob va maqolalari keng jamoatchilikka ma’lum. R.Safarov jonkuyar ustoz sifatida ko‘plab yosh olimlarni tarbiyalagan. Uning qo‘l ostida bir qator doktor va fan nomzodlari tayyorlangan.

2016-yil 11-iyul kuni vafot etgan.

Akademikning O‘zbekiston ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari munosib taqdirlangan. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

Rasmlar galereyasi