Rempel Lazar Izrailevich

Tavallud topgan sana: 7 noyabr 1907 yil

Vafot etgan sana: 27 aprel 1992 yil

Tug'ilgan joy:Kishinev

Yo'nalishlar: Rassomlar

5102

Tarjimai hol

Lazar Izrailevich Rempel — o‘zbek sovet san’atshunosi, san’at tarixshunosi, sharqshunos, san’atshunoslik doktori (1963), professor (1966). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1966), Hamza nomidagi O‘zbek SSR davlat mukofoti laureati.

1907 yil 7 noyabrda Kishinyovda tavallud topgan. 1924 yildan Lazar Rempel Simferpol shahrining Tavrid markaziy muzeyida amaliyotni o‘taydi, keyin ilmiy xodim va nihoyat, bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritadi.

1928 yil Moskvaga ketadi va 1931 yil Birinchi Moskva davlat universitetini yakunlaydi. 1931 - 1933 yillar Davlat san’atshunoslik akademiyasi aspiranti. Bir vaqtning o‘zida, 1930-1931 yillar Sharq madaniyati muzeyi ilmiy xodimi, 1931-1934 yillar Kommunistik akademiyaning adabiyot va san’at instituti ilmiy xodimi, 1935 - 1936 yillar Moskvadagi falsafa, adabiyot va tarix institutida dars bergan (1936 -1937 yillar – dotsent).

Talabalik yillaridayoq L. Rempel O‘rta Osiyo madaniyati bilan qiziqib qoladi va 1930 yil o‘zining “O‘rta Osiyoda milliy me’morchilik” nomli birinchi ilmiy mehnat namunasini chop etadi.

1937 yil L. I. Rempelning ikkinchi xotini, san’atshunos T. V. Vyaznikovtseva hibsga olinadi, L. I. Rempelning o‘zi esa oila a’zosi o‘rnida Vatan hoyini sifatida Eski Buxoroga yuboriladi va 1937 yilning iyulidan suratkash, keyin Buxoro muzeyi ilmiy xodimi bo‘lib ishlaydi.

1939 - 1948 yillar Samarqand viloyat muzeyi ilmiy xodimi, keyinroq, Jambulga (Qozog‘iston) jo‘natiladi, 1948 yil o‘rta maktabda chizmachilikdan dars beradi, va nihoyat, 1954 yil oqlangach, Jambul viloyat muzeyi ilmiy xotidmi sifatida faoliyat olib boradiyu

1954 yildan Toshkentda yashab, ilmiy xodim bo‘lib ishlagan va 1955 yildan O‘zbek SSR Fanlar akademiyasining San’ashunoslik institutining arxitektura, tasviriy va amaliy san’at kafedrasi mudiri. 1957 - 1961  yillar A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent Davlat teatr va rassomchilik institutining Tarix va nazariya san’ati bo‘limi mudiri va professori bo‘lgan. Buxoro, Farg‘ona, Samarqand va O‘zbekistonning boshqa hududlari, shuningdek, respublikada saqlanib qolgan barcha masjidlar bo‘ylab hamkorlikda (1915—2007, G. A. Pugachenkov) bir qator san’atshunoslik ekspeditsiya tadqiqotlarini olib borgan. 1990 yil Moskvaga ko‘chib o‘tadi.

Lazar Rempel — O‘zbeksiton va O‘rta Osiyoning eng yirik tarix mutaxassisi, shuningdek, me’morchiligi, milliy liboslari, tasviriy naqshlari, tanga bosmalari va boshqa amaliy san’at turlari bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlar muallifi hamdir. Ular orasida “O‘zbekistonning me’moriy naqshi” (1961), Qqadimiy davrdan XIX asr o‘rtalarigacha O‘zbekiston san’ati tarixi” (1965), “Uzoq va yaqin. Qadimiy Buxoroning hayot, turmush, qurilish, hunarmandchilik va san’at sahifalari” (1982) va “Davrlar zanjiri. O‘rta Osiyoning an’anaviy san’atida asriy timsollar va daydi mavzular” (1987) kabi monumental risolalarni aytish mumkin.

1992 yil Rempelning Moskvada yozgan “Mening zamondoshlarim” nomli xotiralari Toshkentda chop etilgan.

1992 yil 27 aprel kuni Moskvada vafot etgan.

Rasmlar galereyasi