Razzoqova Muyassar

Tavallud topgan sana: 29 fevral 1964 yil

Tug'ilgan joy:Qoraqalpog‘iston

Yo'nalishlar: Qo‘shiqchilar

11919

Tarjimai hol

Muyassar Razzoqova — O‘zbek va jahon mumtoz operalarida asosiy partiyalar ijrochisi. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist. Respublika mustaqilligining yigirma yilligi sharofati bilan muyassar Razzoqova “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

Razzoqova Muyassar Qodirovna 1964 yil 29 fevral kuni Beruniy shahrida tavallud topgan.

1981 yildan 1988 yilgacha Toshkent Davlat konservatoriyasida Rozalinda Laut va Saodat Qobulovalar kabi professionallardan yakkaxon xonandalik va opera tayyorgarligi yo‘nalishida tahsil olgan. Konservatoriyani tugatishi bilanoq, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatriga ishga qabul qilinadi.1989 yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan respublika yosh opera xonandalari tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritadi (1-mukofot).

1990 yil - Latviyadagi Xalqaro tanlov laureati.

1992 yil - Vengriyadagi Xalqaro tanlov laureati.

1997 yil — Italiyadagi Xalqaro tanlov laureati.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida gastrol safarlarida bo‘lgan, masalan, AQSh, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Vengriya, Turkiya, Janubiy Koreya, Misr.

Opera qirolichasining repertuaridan jahonga mashhur bastakorlarning asarlari o‘rin olgan:

• “Traviata” operasidan Violetta partiyasi, Juzeppe Verdi;

• “Rigoletti” operasidan Jilda partiyasi, Juzeppe Verdi;

• “Niqoblar bali” operasidan Oskar partiyasi, Juzeppe Verdi;

• “Lyuchiya de Lammermur” operasidan Lyuchiya partiyasi, Gaetango Donitsetti;

• “Sevil sartaroshi” operasidan Rozina partiyasi, G.Rossini;

• “Dilorom” operasidan Dilorom partiyasi, Muxtor Ashrafiy;

• “Maysaraning ishi” operasidan Oyxon partiyasi,  Sulayman Yudakov;

• “Podshoh kelini” operasidan Marfa partiyasi, N. Rimskiy-Korsakov;

• “Marjon izlovchilari” operasidan Leyla partiyasi, J.Bize.

Konsertdagi chiqishlari

• Juletta valsi (“Romeo va Djuletta” Sh. Guno)

• Norma ariyasi (“Norma” V. Bellini)

• Rondo (“Teatr direktori" V. A. Motsart)

• Elvira ariyasi (“Ernani” J. Verdi) va boshqalar.

1993 yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni berilgan.

1998 yil O‘zbekiston xalq artisti unvoni taqdim etilgan.

1999 yil Qoraqalpog‘iston xalq artisti unvoni bilan mukofotlangan.

1999 yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.  

Video galereya

Rasmlar galereyasi