Yusuf Sulaymonovich Roziqov

Tavallud topgan sana: 5 iyun 1957 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Rejissyorlar

4942

Tarjimai hol

Yusuf Sulaymonovich Roziqov — o‘zbek va rus kinorejissyori va ssenariychisi.

Yusuf Sulaymonovich Roziqov 1957 yil 5 iyun kuni Toshkentda harbiy xizmatchilar oilasida tug‘ilgan

Maktabni bitirgach, Toshkent davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qish bilan birga, “O‘zbekfilm” kinostudiyasida chiroq ustasi bo‘lib ishlagan. 1986 yil Butun Rossiya davlat kinematografiya institutining ssenariychi fakultetini (V.K.Chernix ustaxonasi) tamomlagan.
1983 yil Moskvadagi yoshlar filmi festivalida uning «Lestnitsa v dome s liftom» (Liftlik uyning zinasi, rejissyor Aman Kamchibekov) filmi eng yaxshi qisqametrajlik film nominatsiyasida bosh mukofotni olgan. Rejissyor 15 yil Moskvada yashab o‘tgan va «Mosfilm» kinostudiyasida ishlagan.

1999 yil oktabrdan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi direktori, 2004 yildan mazkur kinostudiya badiiy rejissyori.

Yusuf Sulaymonovich ilk o‘zbek seriallari «Domla» (1994), «Poryadok» (Tartib) (1997) rejissyori va ssenariychisi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (2000).

Video galereya

Rasmlar galereyasi