Rauf Parfi

Tavallud topgan sana: 27 sentyabr 1943 yil

Vafot etgan sana: 28 mart 2005 yil

Tug'ilgan joy:Yangiyo‘l

Yo'nalishlar: Adabiyotshunoslar, Yozuvchilar, Shoirlar

25443

Tarjimai hol

Rauf Parfi - shoir, tarjimon. O‘zbekiston xalq shoiri (1999), Mahmud Qoshg‘ariy nomli xalqaro mukofot laureati (1989), Turkiyа Davlat adabiyot mukofoti laureati (1996). Tahallusi Uzturk.

Isyonkor iste’dodli va taqdirli shoir. 1943 yil 27 sentabr kuni Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Sho‘rali shaharchasida oddiy dehqon oilasida tug‘ilgan. Otasi Muhammad Amin Parfi (1893-1955) va onasi Sakina Isabek (1913-1995) butun umrini ona qishlog‘ida o‘tkazishgan. Maktabni tugatib, 1960-1965 yillar Toshkent Davlat universitetida o‘qigan (hozirgi O‘zbekiston Milliy universitet).

Rauf Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini yakunlagan.

1991 yildan hukumat boshqaruvchilar bilan “nizo” sababli, Parfi sakkiz yilga, deyarli adabiyotdan chetlashtiriladi. 1999 yil kutilmaganda O‘zbekiston xalq shoiri sharafiga loyiq topiladi. Umrining so‘nggi yillari Parfi kitob sotib, tirikchilik qiladi (kitob bilan savdo qiluvchi do‘stlari unga noyob kitoblar izlashni topshiradi, u esa ularni izlaydi). Hurmatga sazovor bir nechta senariy yozgan - birortasi amalga oshmagan.

1989 yilgacha 8 ta she’riy kitobi nashrdan chiqqan. To‘qqizinchi va tirikligidagi so‘nggi kitobi 2000 yil, shoirga sharafli unvon topshirilgandan so‘ng chiqqan.

O‘zbek tilidan tashqari, turk tilini ham mukammal bilgan. Rus tilini yaxshi tushungan va ravon o‘qigan, ammo so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuzidan iymanib, so‘zlashmagan.

1986 yil Rauf Parfning “Sabr daraxti” nomli she’riy to‘plami nashrdan chiqib, Hamid Olimjon nomidagi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining yillik mukofoti bilan taqdirlangan.

Turkiyada o‘tkazilgan tanlovda Rauf Parfi birinchilikni qo‘lga kiritgan.

Umri davomida keyingi she’riy to‘plamlarni yaratgan: “Karvon yo‘li” (1968), “Aks sado” (1970), “Tasvir” (1973), “Xotirot” (1974), “Ko‘zlar” (1976), “Qaytish” (1981), “Sabr daraxti” (1986), “Sukunat” (1991), “Tavba” (2000).

Vafotidan so‘ng nashr etilgan kitoblari - “So‘nggi vido” (2006) va “Iymon asiri” (2006).

Umrining so‘nggi yillari Parfi “Sharq yulduzi”, “Yoshlik”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” kabi tahririyatlarda faoliyat yuritgan.

Rauf Parfi e’tirof tanilmagan va shuhrat qozongan, hayotning baland-pastini ko‘rgan, ammo hukumat tomonidan siylanmagan shoir. Chinakam she’riyat va so‘z shinavandalarining chuqur e’tirofiga sazovor bo‘lgan. O‘zbek she’riyatiga yangilik oqimini olib kirgan haqiqiy rassomni tan olmaslik - bu mangu, doimiy mavzudir: yaratuvchi-rassom va hukumat. Bayron (“Manfred”), Nozim Hikmat (“Inson ko‘rinishi”), Karl Kaladze (“Dengiz bo‘yidagi o‘ylar”), Enver Selyamet (“Oltin bolta”) kabilarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Rauf Parfi —  dan ziyod kitob muallifi, jumladan “So‘nggi vido” va “Vijdon mahbusi” vafotidan so‘ng nashr etilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1999), Mahmud Qoshg‘ariy nomli xalqaro mukofot hamda Turkiya Davlat adabiyot mukofotlari laureati (1996).

Rauf Parfi 2005 yil 28 mart kuni 61 yoshida yurak hurujidan vafot etgan.

Video galereya

Rasmlar galereyasi