Tarjimai hol
Rahmatullayev Ulug‘bek Ibragimovich — o‘zbek estrada xonandasi.
Ulug‘bek Rahmatullayev 29 yanvar 1982 yil Toshkent shahrida 5 nafardan: uch o‘g‘il va ikkita qiz iborat o‘zbek oilasida dunyoga keladi. Ulug‘bek oilada uchinchi farzand. Ulug‘bekni bolalik chog‘idan Toshkent nashrlaridan biri unda qobiliyat borligini sezdi. Shu vaqtdan boshlab Ulug‘bek Rahmatullayevni ilk yulduzlik odimlari boshlandi. Uning so‘zlariga qaraganda bog‘chada u “musiqa guruhi”ning “rahbari” bo‘lgan, lekin uning tarkibida faqat qizlar edi. 1989 yil Ulug‘bek o‘rta maktabga bordi.
1999 yil u Sharqshunoslik institutining tarix fakultetiga o‘qishga kiradi. Institutda o‘qib yurgan davrida Ulug‘bekning bolaligida ko‘ngliga tukkan orzusi ro‘yobga chiqdi. Bu uning ham ustozi va o‘qituvchisi Farhod Badalboyev bilan tanishuvi bo‘ldi. Birinchi qo‘shig‘ini 2000 yil "Tarona Records"studiyasida yozadi, qo‘shiq nomi “Bu alam”. Tajribali ustozi Farhod Badalboyevdan u professional darajada ishlashni o‘rgandi. Uning birinchi ishi, Farrux Badalboyev bilan yaratgan qo‘shig‘i “Yorim” deb nomlanadi. Bu qo‘shiq ustida 9 oy ishlanadi.
2006 yil Ulug‘bek "Zamin FM" radiosining bosh redaktori Oybek Aliyev sharofati tufayli "Panterra" studiyasi bilan ilk marta shartnoma tuzishga erishadi. 2007 yil 6-7 may kunlari xonanda do‘sti Sardor Rahimxon bilan “Xalqlar do‘stligi” (hozirgi kunda “Istiqlol” deb nomlanadi) san’at saroyida “Yaqinlarimga” degan kontsert dasturida chiqish qiladi. Bu kontsert Ulug‘bek Rahmatullayevning ilk kontserti edi.
24 may 2010 yil oila quradi va shu yili 25 senyabrda “Kapalak” deb nomlangan kontsertini yakkaxon sifatida ijro etadi. Shu yillar mobaynida bir qancha audioalbomlari “Sevma” (2006), “Sen ketding” (2008), “Kapalak” (2010) chiqadi. So‘nggi yillarda xonandaning Bemor, Omadim kelmadi, Layloyimsan, Kapalak, Chaqaloqlar, Nazira, Xafa qilding, Ranjitding meni, Bo‘lishi mumkin emas, Kabutarlar, Ey, yurak, Yoshlik qaytmaydi va Yomg‘irlar qo‘shiqlari xit bo‘ldi.
Mukofotlari
«Nihol» mukofoti sovrindori : 2007
«M&TVA-2007» da “Yilning eng yaxshi xonandasi” nominatsiyasi mukofoti: 2007
«M&TVA-2007» da “Yilning eng yaxshi klipi” nominatsiyasi mukofoti: 2007
«E’tirof» - 2014 da “Yilning eng yaxshi xonandasi” nominatsiyasi mukofoti: 2014