Rahimov Vahob Rahimovich

Tavallud topgan sana: 26 dekabr 1934 yil

Vafot etgan sana: 29 oktabr 2014 yil

Tug'ilgan joy:Samarqand

Yo'nalishlar: Geologlar

4353

Tarjimai hol

Rahimov Vahob Rahimovich (26 dekabr 1934 yil, Samarqand— 29 oktabr 2014 yil) — geologiya va tog‘-konlari sohasi bo‘yicha o‘zbek olimi, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi.

O‘rta Osiyo politexnika institutini tamomlagan (1957), O‘zbekiston fanlar akademiyasida ruda-kon bo‘limida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.

Moskva tog‘-kon ishlari institutining aspiranturasida tahsil oldi, 1963 yil nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1972 yildan texnika fanlari doktori, professor darajasiga erishdi.

Vahob Rahimov dotsent (1963), marksheyder ishi kafedra mudiri (1968), tog‘-metallurgiya fakulteti dekani ( 1969), 1984—1990 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti prorektori lavozimlarida ishlagan.

19 may 2000 yildan Rahimov O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi bo‘lgan.

U bir qancha ilmiy tadqiqotlar, monografiyalar muallifi. V.Rahimov O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoniga ega bo‘ldi va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Rasmlar galereyasi