Tarjimai hol
Xalq artisti, Davlat laureati Nabi Rahimov 1911 yil Qo‘qonda tug‘ilgan. Uning otasi usta bo‘lgan: qulflarni, kerosin chiroqlarni tuzatgan, chelaklarni yamagan va Nabi yoshligidan otasiga yordam bergan. Ammo teatrga bo‘lgan katta kuch uni o‘ziga chorlagan. 15 yoshli Nabi puflama orkestrda klarnet chalishni o‘rganadi, badiiy havaskorlar to‘garagida shug‘ullanadi.
Nabi Rahimovni teatrga Mirshohid Miroqilov (xalq ortisti, hajviyachi) olib kelgan. Agar artistdan “Sen uchun eng qiyin bo‘lgan ish nima?”, deb so‘rasangiz, “Tomolabinni yig‘latish qiyin, ammo kuldirish osonroq”, deya javob bersa kerak. Nabi Rahimov bu ikki ishni ham mohirona uddasidan chiqqan aktyor bo‘lgan. Nabi Rahimov qayerda bo‘lmasin, o‘zi bilan quvonch va kulgu olib kelgan.
Nabi Rahimovning professional sahnadagi ilk timsoli D. Furmanovning “Qo‘zg‘alon” sahna asaridiagi Yegor roli bo‘lgan. O‘zining birinchi rolidanoq, yosh iqtidor sohibi sifatida tanilgan. Keyinroq u Hamza nomidagi teatr spektakllarida faoliyat yuritadi: “Hamza” nomli sahna asarida Nodiriy roli, “Momaqaldiroq”da Tixon roli, “Tavakkalona hazil”da Mamadali roli, “Malikai Turandot”da Trufaldino, “Gamlet”da Laerta, “Sepsiz”da Karandish va boshqa ko‘plab rollarni o‘ynagan. 1942 yil Nabi Rahimov frontga ketadi, kichik tanaffuzlar orasida o‘zining hazil mutoyibalari bilan polkdoshlarining ruhini ko‘targan.
1943 yil uyiga qaytadi va shu zahotiyoq, “Otello”ning Yago roli ustida ish boshlaydi. Bu rolni ungacha ikki yil davomida Olim Xo‘jayev o‘ynagan. Nabi bu rolni butunlay boshqa talqinda gavdalantirgan. Shekspirning spektaklida fojiaviy iqtidor sohibi Abror Hidoyatov faoliyat yurita boshladi - Otello roli. Spektaklga Yago (Nabi Rahimov) rolining iste’dodli ijrosi ham shuhrat olib keldi.
Angliya Parlamenti vakillari teatrning tomoshalari kitobida quyidagi qaydni qoldirishgan: “Hamza teatrida sahnalashtirilgan “Otello” spektaklini eng yaxshi deb hisobladik. Spektaklga Nabi Rahimov va Abror Hidoyatovlar o‘zgacha shukuh bag‘ishladilar. Ularga o‘zimizning hurmat va tahsinini bildiramiz”. Nabi Rahimovning tajribasi - ham komediya, ham fojiaviy rollarni birdan a’lo darajada ijro etishidadir. Nabi Rahimov ijro etgan har bir rol go‘yoki, u uchun maxsus yozilganday, shu uchun ham aktyor rolga butunlay kirishib ketgan. Nabi Rahimovning Xlestakovi (“Revizor”) tomoshabinlar fikriga ko‘ra, eng yaxshi timsol hisoblanadi. “Meshchan” (Sh.Qayumov boshchiligida, A.O.Ginzburg tomonidan sahnalashtirilgan) rolida N.N. Rahimovning qahramoni, mashinist Nil, tomoshabinlar oldida yuksak insoniy qadrga ega, hayotda she’riy ma’nosini tushunadigan odam sifatida namoyon bo‘lgan.
Aktyor mahoratining eng oliy darajasi “Buyog‘i sukunat” spektaklida ota rolini gavdalantirgan. Bu ikki buyuk afsonaviy aktyorlar - Sora Eshonto‘rayeva va Nabi Rahimovlarning ta’sirli timsoli - 50 yil birga yashagan cholu-kampirlarni bir-biridan ayirishi haqidagi sahna asari. Bu ikki yulduzda hajviylik va fojia limmo-lim. Spektaklning so‘nggi sahnasida qariyalar yana vidolashish uchun bir bor uchrashadilar. Nabi bu so‘nggi uchrashuvligini bilib, ushbu suratni to‘lib o‘ynaydi. U o‘z rafiqasining ustidan hazilona kuladi, ularning raqsi esa... Mana, vidolashuv vaqti ham keldi, u nimanidir qiziradi, gul had’ya qilmoqchi bo‘ladi, ammo unda yo‘qligini biz tushunamiz. Keyin cho‘ntagini changallaganicha, dastro‘mol axtaradi va uni gul shaklida taxlab, o‘z sevgilisiga taqdim etadi. Aktyorlarning ajoyib ijrosidan tomoshabinlar ularni uzoq vaqt qo‘yib yubormay, tikka olqishlashgan.
Uning rafiqasi bir umr uning yonida bo‘lgan. U hayotdan 1993 yil ko‘z yumgan. N. Rahimov bu judolikni og‘ir kechirgan. Xotining dafn marosimida u shunday degan: “Lyuba, yaqinda oldinga kelaman”. Oradan bir yil o‘tib, Nabi Rahimov ham vafot etgan.
Mukofot va sovrinlari
* 1967 yil Hamza nomidagi Davlat mukofotiga ta’sis etilgan (1967 - teatrdagi faoliyati uchun).
Kinoda o‘ynagan rollari
* 1991 - Mahshar kuni
* 1990 - Sukunat qoidasi - general Ag‘zamov
* 1989 - Tosh sanam
* 1988 - Tug‘ilish uchun o‘lish
* 1987 - Minorxorlik ovchi, Jo‘ra
* 1986 - Olmos kamari
* 1985 - Tog‘lardagi aks sado
* 1985 - So‘zlovchi chashma
* 1985 - Kelinlar qo‘zg‘oloni
* 1984 - Olaboshliq aholisi - izquvar kasbi
* 1984 - Jontoy qasami
* 1984 - Shahrizodaning yana bir kechasi... - qozi
* 1983 - Uyg‘onish
* 1982 - Dahoning yoshligi
* 1982 - Muhammad - bugun va abadiy
* 1982 - 107-yo‘riqnoma burilishi - chol
* 1981 - Buysunmas - Dusenbay
* 1980 - Pishqirgan daryo izidan - Sodiq aka
* 1979 - Havo piyodalari - Hakim ota
* 1979 - Munosib sayohat - Fozil Ortiqov
* 1979 - Ota jazosi - Xolmat og‘a
* 1979 - Ringga chorlaydi... - murabbiy
* 1979 - Ehtiyot bo‘l! Ilonlar! - Hamroqul
* 1979 - Des Drachens grauer Atem (GDR)
* 1978 - O‘zganing baxti - Meliboy
* 1978 - Xorazm rivoyati - hukmdor
* 1978 - Qon va jon
* 1977 - 1984 - Olovli yo‘llar - Hamzaning otasi
* 1977 - Qo‘qondagi hodisa - Alimat
* 1976 - Boshqalar uchun
* 1976 - Mening katta akam - Samandarov
* 1975 - Sen, mening qo‘shig‘im - Diloromning otasi
* 1975 - Holva ta’mi - Shermuhammad
* 1973 - Odamlar orasida yakka - Fattoh Najmiddin
* 1973 - Olovli qirg‘oq - mulla
* 1973 - Karavon - Karimov
* 1973 - Visol va hijron - Rustamning otasi
* 1971 - Shiddat - Bosh rol Sobirov
* 1971 - Kutilmagan qo‘shni - Obid Voisov
* 1971 - Chegaradan o‘tgan - Abzal
* 1971 - O‘tli nigohlar - Xamid Azizovich Sadullayev
* 1970 - Favqulodda komissar - Shermatbek
* 1970 - Jazira quyosh ostida - Yormat ota
* 1969 - 41-yilning olmalari - chol
* 1969 - O‘tgan kunlar - Usta Olim
* 1969 - Keksa ustaning vasiyati- Ko‘rsulton
* 1968 - Otadan qolgan o‘g‘illar - Vahobov
* 1968 - Qizil qumlar - epizod
* 1968 - Qalb amri - choyxonachi
* 1968 - Dilorom
* 1968 - Inqilob chavandozlari - epizod
* 1967 - Uyimga kir - ekskursiyachi
* 1966 - Har kimning o‘z yo‘li - Maltabar
* 1965 - Eng itoatkor - Xolmirza
* 1965 - Jalada tug‘ilgan - Eshon Qodirqul
* 1964 - Ulug‘bek yulduzi - Bobo Kayfiy
* 1964 - Jo‘ra - Bolboq
* 1961 - Qaytarilgan kelin - To‘ychiyev
* 1958 - Olovli yillar - Usta Qosim
* 1958 - Maftuningman - Turdiyev
* 1957 - Orol baliqchilari - Jadeger Yesemuradov
* 1956 - Qutlug‘ qon - Shoqosim ota
* 1955 - Stadiondagi uchrashuv - Aliyev
* 1953 - Boy ila xizmatchi - Aleksey