Omon Muxtor

Tavallud topgan sana: 1941 yil

Vafot etgan sana: 20 may 2013 yil

Tug'ilgan joy:Buxoro

Yo'nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

8567

Tarjimai hol

Buxorolik Muxtorov Omon Sulaymonovichning adabiy tahallusi — Omon Muxtor.

Shoir va yozuvchi Omon Muxtorning ijodi 50-yillar oxirida boshlangan bo‘lsa-da, birinchi she’riy to‘plami “Chorlar quyoshli yo‘llar” 1966 yil chop etilgan. Omon Muxtor “Egilgan bosh” romani uchun 1999 yil Yozuvchilar uyushmasi mukofotiga sazovor bo‘lgan. Yozuvchining yubileyi sharafiga 1999 yil “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

Shoir va yozuvchi Omon Muxtor 1941 yil Buxoroda tug‘ilgan. O‘rta maktabni bitirib, nashriyotlarda, O‘zbekiston davlat radio va televideniye qo‘mitasida, “O‘zbekfilm” kinostudiyasida va G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida adabiy xodim bo‘lib ishlagan, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri bo‘lgan.

1958 yildan buyon asarlari chop etiladi. “Chorlar quyoshli yo‘llar” nomli birinchi to‘plami 1966 yil chop etilgan. 1968 yil Buxoro haqidagi hikoyalar to‘plami “Nigoh” nashrdan chiqqan. Mazkur kitobning davomi “Qushlar va tushlar” 1971 yil chop etiladi.

Uning asarlari: “Ohang” (1974), “Yog‘du” (1979), “Marvarid” (1985), “Shiddat” (1990) kabi she’riy to‘plamlar, “Buvim ertak aytadi” (1971), “Kunlardan bir kun” (1985), “Ming yildan so‘ng” (1991) kabi bolalar uchun she’r, ertak va hikoya to‘plamlari.

Omon Muxtorning “Tepalikdagi xaroba”, “Ming bir qiyofa”, “Ko‘zgu oldidagi odam” romanlari yaxlit holda “To‘rt tomon qibla” trilogiyasini tashkil etgan.

So‘nggi yillarda “Afu”, “Ayollar mamlakati va saltanati”, “Aflotun” romanlari chop etilgan. Mazkur asarlar yangicha uslubda yozilgan bo‘lib, kitobxon va adabiy jamoatchilik e’tiborini tortadi.

Yozuvchining boshqa asarlari: “Nigoh” (1968), “Qushlar va tushlar” (1971), “Shaharlik kelinchak” (1973), “Hayot darvozasi” (1978), “Buxorolik donishmand” (1973), “Bolalikka sayohat” (1984) kabi hikoyalar to‘plamlari, shuningdek, “Uchqur poyezdlar” (1981), “Vazifa” (1988) kabi qissalari, “Yillar shamoli” (1976), “Egilgan bosh” (1989), “Ming yildan so‘ng” (1991), “Ko‘zgu oldidagi odam” (1996), “Ming bir qiyofa” (1994) kabi romanlarni yaratgan.

Asosiy asarlari

•          Omon Muxtor. Ming bir qiyоfa. Toshkent, “Sharq” - 1994.

•          Omon Muxtor. Ko‘zgu oldidagi odam. Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996.

•          Omon Muxtor. Ayollar mamlakati va saltanati, Toshkent, “Sharq”, 1997.

2013 yil 10 may kuni vafot etgan.

Video galereya

Rasmlar galereyasi