Norto‘xta Qilich

Tavallud topgan sana: 7 fevral 1946 yil

Tug'ilgan joy:Buxoro

Yo'nalishlar: Yozuvchilar

4471

Tarjimai hol

Norto‘xta Qilich 60-yillardan o‘z ijodini boshlagan. Norto‘xta Qilichning «Bayram» to‘plamiga kirgan qissa va hikoyalari adib ijodining sarasi bo‘lib, unda muallif inson taqdiri va hayot ma’nosi haqida falsafiy mushohada yuritadi. 

Norto‘xta Qilich 1946 yili Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan.

1971 yilda Toshkent Davlat universitetini tugatgach, «Buxoro haqiqati», «Xorazm haqiqati», «Toshkent oqshomi» gazetalarida, «Sharq yulduzi» jurnalida, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ishlagan. Norto‘xta Qilichning ilk hikoyalari 60-yillari tuman gazetasida bosilib chiqqan.

«Bayram» nomli asar markaziga qo‘yilgan voqealar ko‘p hollarda dramatik o‘tkirligi, teranligi bilan kitobxonni o‘ziga jalb etadi. Ayniqsa, undagi qahramonlar o‘zlarining ma’naviy-axloqiy pokligi bilan o‘quvchiga ma’naviy oziq beradi, estetik zavq bag‘ishlaydi.

Uning «Oppoq tong» nomli birinchi hikoyalar to‘plami 1981 yilda nashr qilingan. O‘shandan beri uning «Yorongul» (1981), «Mo‘’jiza» (1984), «Chig‘iriq» (1988), «Bayram» (1991), «Iltijo» (1992) nomli hikoya va qissalar to‘plamlari nashr etilgan.

Yozuvchining «Vijdon hukmi» nomli qissa va hikoyalar to‘plami 1993 yilda qoraqalpoq tilida chop etilgan.

Rasmlar galereyasi