Mushel Grigoriy Aleksandrovich

Tavallud topgan sana: 1909 yil

Vafot etgan sana: 25 dekabr 1989 yil

Tug'ilgan joy:Rossiya

Yo'nalishlar: Ijodkorlar va musiqachilar

6797

Tarjimai hol

Grigoriy Aleksandrovich Mushel - kompozitor, professor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.

1909 yilda Tambov shahrida tug‘ilgan. 1921 yilda u musiqa maktabiga fortopiano sinfida shug‘ulanishni boshlagan. 1930 yilda Musiqa bilim yurtini tamomlagan (professor S.M.Starikov). 1931 yil G.A Mushel Moskva davlat konservatoriyasiga, bastakorlik fakultetiga N.Ya. Myaskovskiy sinfiga o‘qishga kiradi. Kasalligi tufayli G.A.Mushel o‘z musiqiy ta’limini yakuniga yetkazolmadi.  M.F.Gnesin va A.I.Aleksandrovni kompozitsiya sinfini tamomlaydi va bir vaqtning o‘zida professor L.N.Oborin sinfida pianino bilim-ko‘nikmalarini takomillashtiradi.

G. A. Mushelning talabalik davridagi ijodida fortepiano, vokal, kamer va simfonik asarlar mavjud. Diplom ishi sifatida, fortepiano bilan orkestr uchun o‘zining birinchi konsertini va  fortepiano uchun “Prelyudiya va fuga”sini taqdim etgan.

1936 yil, G.Mushel Moskva konservatoriyasini tamomlagan yili, Toshkentda O‘rta Osiyoda ilk marotaba oliy musiqa ta’lim muassasasi ochiladi. U yerga Moskva konservatoriyasining pedagog va bitiruvchilari taklif etiladi. Ular orasida O‘zbekiston bilan uzviy aloqasini o‘rnatgan G.A. Mushel bo‘lgan. U taniqli musiqa bilimdonlari, tajribali qo‘shiqlar ijrochilari To‘ychi Toshmuhamedov, Shorahim Shoumarov, To‘xtasin Jalilov, Yunus Radjabiy va boshqalarga yaqinlashib, ular tufayli o‘zbek xalqining asl musiqiy merosini o’rganadi.

Bastakorlar Yunus Rajabiy, X.To‘xtasinov, T.Jalilovlar bilan hammualliflikda u “Farhod va Shirin”, “Oftobxon”, “Muqanna”, “Muqimiy” musiqali drama spektakllarini yaratdi. Mushelning eng ahamiyatli asari — “Farhod va Shirin” operasi (1955), 3 ta simfoniya, 5 ta fortepiano konsertlari, “Farhod haqidagi tuzilma” kantatasi va «Balerina» baletlaridir.

Grigoriy Aleksandrovich Mushel 1989 yil 25 dekabrda Toshkent shahrida vafot etgan.

Rasmlar galereyasi