Tarjimai hol
Muxitdinov Jalolitdin Paxritdinovich, 1948 yilning 13 aprelida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
U 1955 yildan 1966 yilgacha Toshkent shaxridagi 65-sonli o‘rta maktabda o‘qigan. O‘rta maktabni tugatgandan keyin 1966 yilda Toshkent politexnika institutining “Kimyo texnologiyasi” fakultetiga o‘qishga kirdi va 1971 yilda “Kimyo texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va kompleks mexanizatsiyalashtirish” mutaxassisligi bo‘yicha institutni tugatdi. Institutni bitirganidan so‘ng, institut yo‘llanmasiga asosan O‘zR FA kibernetika institutida ishladi.
1975 yilda Moskva kimyo-texnologiya institutiga aspiranturaga o‘qishga kirdi va 1978 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan holda tugatdi.
1979 yildan 1987 yilgacha ToshPI “Texnikaviy kibernetika” kafedrasida assistent, kafedra mudiri lavozimlarida ishladi, 1987 yilda Sohalararo malaka oshirish instituga ko‘chirildi va 1991 yilgacha kafedra mudiri, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritdi.
1992 yildan 1995 yilgacha Toshkent davlat texnika universitetida kafedra dotsenti, o‘quv bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishladi.
1995 yildan 2000 yilgacha “BIOKIMYo” AJda direktor, undan so‘ng shu AJ raisi lavozimida ishladi.
2001 yildan 2004 yilning noyabr oyigacha Toshkent kimyo texnologiya institutida o‘quv bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishladi.
2004 yilning dekabr oyida Toshkent davlat texnika universitetiga ko‘chirildi va bugungi kungacha “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. 2012 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.