Muxitdinov Jaloliddin Nosirovich

Tavallud topgan sana: 5 aprel 1941 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Muhandislar

4704

Tarjimai hol

1941 yil 5 aprelda Toshkent shaxrida tavallud topgan.
1963 yilda Toshkent politexnika instituti issiqlik energetikasi ixtisosligi bo‘yicha issiqlik energetikasi muhandisi mutaxassisligini egallagan.
1970 yilda Toshkent shaxrida «Issledovaniye protsessov sushki sipuchix materialov v vibro-pnevmo-psevdoojijennom sloye» mavzuida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 1986 yilda Moskva shaxrida «Teoreticheskiye osnovi i razrabotka effektivnix metodov sushki xlopka-sirsa i produktov yego pererabotki» mavzuida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 
 1975 yilda «Sanoat issiqlik energetikasi» kafedrasi mudiri, 1995 yildan Toshkent davlat texnika universiteti energetika markazi prorektori, 1998 yildan «Sharq taronasi» ochiq aksionerlik jamiyati raisi.

 2002 yildan Toshkent davlat texnika universiteti energetika fakulteti dekani, energetika instituti direktori.

2004 yildan Toshkent davlat texnika universiteti «Sanoat issiqlik energetikasi» kafedrasi professori bo‘lib faoliyat ko‘rsatmoqda.

Rasmlar galereyasi