Muhammadjonov Zikir

Tavallud topgan sana: 1 yanvar 1921 yil

Vafot etgan sana: 20 avgust 2012 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Aktyor va aktrisalar

7518

Tarjimai hol

Zikir (Zokir) Muhammadjonov — teatr va kino aktyori. O‘zbekiston xalq artisti. “Do‘stlik”, “Buyuk xizmati uchun”, “O‘zbekiston qahramoni” ordenlari bilan mukofotlangan.

1921 yil Toshkentda tug‘ilgan.

Taqdirning o‘zi uning aktyor bo‘lishini belgilab qo‘ygandi. Onasi buxorolik taniqli xonanda, o‘g‘liga mashhur aktyorlar haqida, ularning og‘ir qismati, qiyinchiliklari haqida ko‘p so‘zlab bergan. Ammo, taqdirdan qochib qutilib bo‘lmas ekan, u 17 yoshida O‘zbekistonning yetakchi teatriga tushib qoladi.

Kunlardan bir kuni 1938 yil uni ko‘chada Mannon Uyg‘ur ko‘rib qolib, o‘sha kuniyoq sinovga chaqiradi. Rejissyor Yatim Bobojonov bilan birga u o‘spirinni imtihondan o‘tkazib, uni teatrda olib qoladi. Avvaliga, albatta, ommaviy tamoshalarda ishtirok etgan, lekin Uyg‘ur unga tahsil olishi karakligini maslahat beradi.

Biroq, Zikirning talaba bo‘lishi oson kechmaydi. Zero, tez orada urush boshlanib qolib, u ham ko‘plab boshqa tengdoshlari singari G‘alaba qirolini qo‘lga olishiga to‘g‘ri keladi. Sutkasiga 18 soatdan ishlash kerak bo‘lgan aviatsiya zavodida u chilangarlikni o‘rganib, bir necha yil davomida ishlab chiqarishning yuqori namunalariga yetishishda jonbozlik ko‘rsatadi.

1945 yil O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lgan Toshkent teatr instituti ochiladi va Zikir ta’lim maskanining talabasi bo‘ladi. Kunduzi o‘qib, kechasi teatrda ishlardi.

Zikir Muhamadjonovning ilk jiddiy roli - Hamza nomidagi O‘zbek Davlat drama teatri sahnasida qo‘yilgan “Jaloliddin” spektaklidagi Temur Malik timsoli bo‘lgan. Shu vaqtdan e’tiboran, 70 yil davomida u doim mazkur teatrda ishlaydi.

Sahnada Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro kabi buyuk tarixiy siymolarni gavdalantirgan.

“General Rahimov” filmiga binoan, Zikir Muhamadjonov chinakam shuhrat qozongan. Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestivalda eng yaxshi erkak roli uchun bosh mukofotni qo‘lga kiritgan. Film dunyoning ko‘plab ekranlarida namoyish etilgan.

Sanab o‘tilganlardan tashqari, ijtimoiy faoliyat bilan ham shug‘ullangan. “O‘zbekfilm” finostudiyasida ko‘plab filmlarga ovoz bergan.

70 yildan ziyod faoliyat yuritgan Milliy akademik drama teatrida yuzlab rollar ijro qilgan. Kinolarda esa ellikdan ortiq rollarda o‘ynagan... Hayotligidayoq, tirik afsonaga aylangan O‘zbekiston qahramoni, xalq artisti, Davlat mukofotlari laureati Zikir Muhamadjonov vafotidan keyin ham mohir, yuqori malakali usta sifatida teatr sahnalarida ijro etgan o‘zining esda qolarli timsollari bilan ixlosmandlarining xotirasida saqlanib qoldi.

Aktyor 2012 yil 23 avgust kuni Toshkentda vafot etgan.

Mukofot va unvonlari:

1956 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”, 1964 yil “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”, 1968 yil Tallin. “General Sobir Rahimov” filmidagi ijrosi uchun eng yaxshi erkak roli bosh mukofoti, 1970-75 yillar “Qizil Mehnat Nishoni”/ ikki karra/, 1986 yil “Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati”, 1991 yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining faxriy yorlig‘i, 1996 yil “Do‘stlik”, 1998 yil “Buyuk xizmatlari uchun”, 2003 yil “O‘zbekiston qahramoni” ordeni.

Ijodiy ishlari

1956- “Qutlug‘ qon” - Salim,

1959- “Ikkinchi gullash” - Otaboyev,

1961- “Sinchalak”- Ismoiljon,

1965- “Savdoyi” - Maqsud,

1966- “Ikki yurak dostoni” - Usta,

1966- “Kaniyut g‘ori siri” - Karimov,

1967- “General Rahimov” - General Rahimov,

1968- “Uyimga kir” - muharrir,

1968- “Dilorom”- Shox Bahrom,

1968- “Vatan o‘g‘lonlari” - Mayor Botir,

1969- “Sevishganlar” - G‘ofur aka,

1970- “Jazirama quyosh ostida”- lavha,

1970- “Bu shirinso‘z - erkinlik” - tergovchi,

1970- “Qora konsul o‘limi” - Mirza Rahmatullo,

1970- “Burilishda” - Sodiq,

1971- “Xatarli yosh” - professor,

1972- “Merosxo‘rlar” - lavha,

1972- “Qari usta vasiyati”

1973- “Chinor”- brigadir,

1974- “Yo‘l qo‘riqchisi” - tuman boshqarmasi kotibi,

1975- “Bu qo‘rqmas bolalar avtomobillar poygasida” - ota,

1975- “Umid” - institut direktori,

1976- “Yilning to‘rt fasli” -bobo,

1976- “Bu Qo‘qonda bo‘lgan edi” - Ismoilbek,

1977- “Shum bola”- chol,

1978- “Drakon ovi” - chol,

1979- “Ali- bobo va 40 qaroqchi” - Yusuf,

1980- “Vatanga xizmat” - Ayyubxon,

1981- “Oltin mo‘yna” - Burxon,

1982- “Abadiylik” - Sherzod,

1983- “Uyg‘onish” - Mavlon,

1983- “Ertangi darslar” - G‘ulom,

1984- “Sevgi haqida afsona” - qahramonning otasi,

1988- “Yulduzli tepalik” - bobo,

1989- “20 asr dinozavrlari” - qahramonning otasi,

1996-97- “Dalalar”,

1999- “Voiz” - majruh,

1999- “Kichkina tabib”,

2000- “Fayzli”,

2001- “Dilhiroj” - bobo,

2006- “Katta oyi” - lavha,

2007- “Kelgindi kuyov” - bobo

Rasmlar galereyasi