Muhammad ibn Najib Buqron

Tug'ilgan joy:Eron

Yo'nalishlar: Geograflar

5201

Tarjimai hol

Muhammad ibn Najib Buqron Tusa (hozirgi Eron) shahrida tavallud topgan XII-XIII asr olimidir.

Uning asosiy ilmiy ishlari Nishopur shahri va Xorazmshoh Anushtegin Jurjoniy davlati bilan bog‘liq.

“Jahonnoma” - dunyo xaritasi sanalib, Najib Buqron tomonidan fors tilida yozilgan asar hisoblanadi.

Dunyo xaritasi Najib Buqrondan Muhammad Xorazmshoh hukmdoriga hadya sifatida taqdim etiladi. Ushbu xarita bugungi kunda saqlanmagan, faqatgina sharhda keltirilishicha, “Jahonnoma” deb yuritiladi. Bu xaritaning yana bir afzalligi gradus tarmog‘i (parallel va meridian chizig‘i), shuningdek, davlat chegaralari ko‘rsatib o‘tilgan. “Jahonnoma”da 600 dan ortiq jo‘g‘rofik obyektlarning nomlari qayd etilgan. “Jahonnoma” odamlar yashaydigan Yer, dengiz, ko‘l, daryo, tog‘, sahrolar va foydali qazilmalar va hokazolarni o‘z ichiga oladi.

Najib Buqronning “Jahonnoma”si rus tiliga tarjima qilingan va Moskvada 1964 yili nashr etilgan.

Rasmlar galereyasi