Mirtojiyev Ravshan (Jaloliddin) Tursunovich

Tavallud topgan sana: 17 fevral 1954 yil

Vafot etgan sana: 6 fevral 2015 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Haykaltaroshlar

7784

Tarjimai hol

O‘zbekiston xalq rassomi, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”, Bobur nomidagi xalqaro mukofot laureati. O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi a’zosi.

1954 yil 17 fevral kuni Toshkentda tug‘ilgan.

1972 yil P. P. Benkov nomidagi Respublika rassomchilik bilim yurtining haykaltaroshlik bo‘limini F. I. Grishenko sinfida bitirgan. 1977 yil A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr-rassomchilik institutini yakunlaydi. 1979-1996 yillar Andijonda ishlaydi.

1983 yildan O‘zbekiston rassomlar Uyushmasi a’zosi, 1997 yildan — O‘zbekiston badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlar ijodiy birlashmasi a’zosi. 2005-2015 yillar — O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari.

2011 yil O‘zbekiston badiiy Akademiyasi raisining vaqtincha vazifasini bajaruvchi.

O‘zbekistonning ko‘plab shaharlarida va xorijda o‘rnatilgan ko‘p sonli haykallar muallifi. Uning ishlari orasida — Toshkentdagi Abdulla Qodiriy, G‘ofur G‘ulom, Zulfiya, Oybek, Beruniy, Said Ahmad va Saida Zunnunova haykallari, Andijondagi Bobur va Cho‘lpon, Samarqanddagi Rudaykiy va Mirzo Ulug‘bek, Buxorodagi Fitrat, G‘azalkentdagi Elbek, poytaxtimizdagi “Vatanga qasamyod” haykali, Jizzax, Andijon va Farg‘onadagi “Motamsaro ona” haykallarini aytish mumkin.

U tomonidan yaratilgan haykallar jahonning bir qator poytaxtlarida o‘rnatilgan — bular Moskvadagi Ulug‘bek va Navoiy, Rigadagi Ulug‘bek va Avitsenna, Baku va Tokiodagi Navoiy, Al-Qairdagi al-Farg‘oniy, Xitoydagi Kamoliddin Behzod haykallaridir. Navoiy haykalining modeli AQShning Vashington Kutubxona Kongressidan joy olgan.

Shanxay universitetining sharafli professori bo‘lgan.

O‘zbekiston xalq rassomi (2003). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.

San’atga qo‘shgan hissasi uchun Tokio san’at muzeyining Fudji muzeyi medali bilan taqdirlangan (2004), Zahiriddin Bobur nomidagi xalqaro mukofot layereati. 2009 yil O‘zbekistonda yil haykaltaroshi bo‘lgan.

2015 yilning 6 fevral kuni vafot etgan.

Video galereya

Rasmlar galereyasi