Ma’ruf Jalil

Tavallud topgan sana: 10 oktabr 1936 yil

Vafot etgan sana: 2004 yil

Tug'ilgan joy:Samarqand

Yo'nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

5443

Tarjimai hol

Ma’ruf Jalil shoir, yozuvchi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Hamid Olimjon nomidagi yillik mukofotiga, Orol muammolari haqidagi publitsistik maqolalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Ma’ruf Jalil 1936 yil 10 oktabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Payshanba qo‘rg‘onida tug‘ilgan. Zarafshon daryosi ikki qirg‘oqqa bo‘lingan. Shimoliy qirg‘og‘i Oqdaryo, Janubiysi esa Qora daryo deb nomlangan. Ushbu daryolar oralig‘ida ushbu Payshanba qo‘rg‘oni joylashgan. Bu joylarning tabiati juda go‘zal va unumlidir. Ma’rufning otasi Ergash Jalilov savodli, sodda inson bo‘lib, kitob o‘qishni yaxshi ko‘rgan, o‘zbek ertaklari va mumtoz adabiyot shinavandasi bo‘lgan.

Ma’ruf 8 sinfda o‘qigan kezlari uning “Orzu” nomli ilk she’ri chop etiladi.

Tahsil olgach, u Toshkentga keladi va Yozuvchilar uyushmasi tahririyatiga o‘quvchi bo‘lib ishga kiradi. Uning she’r va maqolalari tez-tez nashrdan chiqadi. Shundan so‘ng, Ma’ruf Jalil nashriyot va tahririyatlarda ishlaydi, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat yuritadi.

Birin-ketin she’riy to‘plamlari chop etiladi: “Men sizni sevardim”, “Rahmat, odamlar” (1970), “Seni o‘ylab” (1973), “Notanish yo‘llar” (1975), “Qo‘shiq ishtiyoqi” (1979), “Men suv ichgan daryolar” (1981), “Parizodim” (1984), “Daryoni izlar shamol” (1987), “Baxtimga sen borsan” (1989) va publitsistik maqolalari “Bunyodkor qalb” (1984), “Orol madad so‘raydi” (1987).

Uning she’rlari jimjimasiz va balandparvozsiz. Ular oddiy, samimiy va tabiiy, sokin daryolardek chuqur, purma’noliligi bilan qadrlidir.

Ma’ruf Jalil 2004 yil vafot etgan.

Video galereya

Rasmlar galereyasi