Mamadaliyev Fattoxon

Tavallud topgan sana: 1923 yil

Vafot etgan sana: 1999 yil

Tug'ilgan joy:Andijon

Yo'nalishlar: Qo‘shiqchilar

8900

Tarjimai hol

Mamadaliyev Fattoxon - bastakor, hofiz va pedagog, Toshkent Davlat Konservatoriyasida dars bergan. Ilmiy-uslubiy asarlar yaratgan, “Sharq, o‘zbek sozlarining sozlanishi” va “Aruz, zarb va musiqa mutanosibligi” mavzularida o‘nlab maqolalar yozgan. Bir muncha vaqt mobaynida O‘zbekiston Teleradiokompaniyasining maqomchilar ansamblida maslahatchi sifatida ishlagan.

Fattoxon 1923 yil Andijonning Baliqchi tumanida dunyoga kelgan. Maktabda o‘qigan kezlari musiqa o‘qituvchisi Zokirjon To‘rayev unga dutor sozini sovg‘a qiladi va u musiqa va san’atga mehr qo‘yadi. Shuningdek, u taniqli skripkachi Mo‘minjon Karimovdan skripkada chalishni o‘rganadi.

Namanganlik musiqiy asboblar ustasi Ro‘zimatxon Isaboyev unga “Qo‘shiqchi tambur bilan kuylashni o‘rganishi kerak” so‘zlari bilan, o‘zining tambur sozini sovg‘a qiladi. Ijod yo‘lini bosib o‘tar ekan, umri davomida ustozlarining maslahatiga rioya qilib yashadi.

1963 yil u Andijon Davlat institutining tarix fakultetida tahsilini yakunlaydi. Talabalik yillarida u Yo’ldosh Ohunboboyev nomidagi Andijon davlat teatrida ishlagan. U maqomchi ijrochilarning ikkinchi ansamblini tashkil qiladi va ozgina nomi chiqqach, uni Toshkent Davlat konservatoriyasiga taklif etishadi. Ehtimol, aynan shu hodisa uning qarshisida san’at rivoji uchun bir qancha yo‘llarni ochdi.

1985-1999 yillar u Toshkent Davlat Konservatoriyasida dars beradi va ijrochilik jamoasida faoliyat yuritadi. U taniqli ijrochilarning butun bir avlodiga tahsil bera olgan, xususan, Hurriyat Isroilova, Mashrab Ermatov, Erkin Ro‘zmatov, Maryam Sattorova, Nasiba Sattorova, Maysara Imomova, Azamat Otajonov va Bobur Yo‘ldoshevlar.

O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi maqomchilar ansamblining maslahatchisi bo‘lib, u O‘zbekistonda ilk bor 7 qismli maqom “Miskin”, 8 qismli maqom “Ushshoq”, 4 qismli maqom “Nasrulloi” kabilarni yaratgan, konservatoriya talabalari bilan esa 5 qismli maqom “Munojot”ni yaratgan. Ushbu barcha maqomlar plastinkalarga yozib olingan va televideniya ko‘rsatuvlarida ko‘p karra eshittirilgan.

Uning qo‘shiqlari xalq orasida juda sevib tinglangan va hatto, hozirgi kunda ham zamonaviy radio to‘lqinlarda jaranglaydi.

U Navoiy, Muqimiy, Nodira, Furqat, Ogahiy, Ulfatiy, Vohid Abdulla, Vosit Sa’dulla, Olimjon Holdor kabilarning she’rlarini kuyga solgan. Habibiy, Sobir Abdulla, Anisiy, Ulfatiy, Vohid Abdulla, Vosit Sa’dullalar bilan do‘stlashgan va ularning ko‘plab asarlariga kuy bastalab, yangi hayot baxsh etgan.

Uning san’atdagi murabbiylari Yunus Rajabiy, Muhitdin xoji Najmitdinov, Komiljon Jabborov, G‘anijon Toshmatov, Jo‘raxon Sultonov, Qodirjon Ohunov kabilar bo‘lishgan. O‘zining asarlarida mukammallikka erishish uchun ustozlarining ijodiy uslubini barcha qirralarini o‘zlashtirgan.

U ko’plab xorij mamlakatlariga tashrif buyurgan, Hindiston, Italiya, Bolgariya, Malayziya, AQShda bo‘lgan. Taniqli bastakor, qo‘shiqchi, g‘azalshunos va o‘qituvchi F.Mamadaliyev Vatanida va boshqa mamlakatlarda chinakam xalq e’tirofiga ega bo‘lgan.

U “O‘zbekiston xalq hofizi” deb topilgan. O‘zbekistan Mustaqilligining yettinchi yili “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

U 1999 yil Toshkentda vafot etgan.

Video galereya

Rasmlar galereyasi