Mahzuna

Tavallud topgan sana: 1811 yil

Tug'ilgan joy:Qo‘qon

Yo'nalishlar: Shoirlar

5163

Tarjimai hol

Mahzuna (haqiqiy ismi Mehribon mulla Boshmon qizi) — XIX asr o‘zbek shoirasi, Qo‘qon ayollar she’riyatining mumtoz ijodkori.

1811 yil Qo‘qonda tug‘ilgan.

Faol ijodiy davri XIX asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Shoir Fazli bilan she’riy yozishmalar olib borgan, Fazli uning she’rining sifati haqida zavq ila fikr bildirgan. 1821 yilgi “Shoirlar anjumani” to‘plamiga kirgan Mahzunaning bir necha g‘azallari bizgacha yetib kelgan. Shoiraning devonlari ham mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud, lekin ular hali topilmagan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, shoira imom  qizi bo‘lishiga qaramay, oilaviy hayotda baxtsiz edi, Fazliy bilan esa she’riy yozishma bellashuvlarni oshkora usulda olib borgan. Shoiraning vafot etgan sanasi noma’lum.

Rasmlar galereyasi