Mahkamov Abdurahmon Abduqodirovich

Tavallud topgan sana: 1934 yil

Vafot etgan sana: 16 fevral 2002 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Me’morlar

4803

Tarjimai hol

Taniqli me’mor Abdurahmon Mahkamov uy-joylar qurilishi, shahar qurilishi va qishloq joylardagi qurilishlar, shuningdek, ayrim tarixiy shaharlarni ta’mirlash loyihalarini boshqargan. “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me’mor” deb topilgan, Sharq mamlakatlari me’morchiligining Xalqaro akademiyasi muxbir-a’zosi.

Abdurahmon Mahkamov 1934 yil Toshkentda tug‘ilgan. 1958 yil O‘rta Osiyo Politexnika institutining qurilish fakulteti arxitektura bo‘limini tugatadi. O‘qishni bitirgach, O‘zbekiston FA Qurilish institutiga ilmiy xodim bo‘lib ishga kiradi.

U Bekobod shahrining bosh me’mori, O‘zbekiston qishloq xo‘jalik qurilishi loyihalash instituti hamda O‘zbekiston loyihalash ilmiy-tekshirish va tadqiqot institutida direktor lavozimida ishlagan.

1966 yil arxitektura bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan, 1987 yil doktorlik darajasiga ega bo’lgan.

Qishloq xo‘jalik joylarida, turar-joy va jamoat binolari qurilishi bo‘yicha bir nechta maqola loyihalar muallifi. U 150 ta ilmiy asar yozgan, shuningdek, katta ilmiy ahamiyatga ega 3 ta asar yozgan bo‘lib, mualliflik huquqi bilan himoyalangan.

Abdurahmon Mahkamov keyingi loyihalar qurilishida ishtirok etgan: Xorazm viloyatidagi Ohunboboyev tumani, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi tajribaviy shaharchalar, “Quyosh”, “Xorazm”, “O‘zbekiston” turar xonadonlari.

1993 yil u O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan me’mor unvoniga ega bo‘lgan. 1997 yil Sharq mamlakatlari me’morchiligining Xalqaro akademiyasi tarkibiga kirgan, 1999 yil u mazkur akademiyaning muxbir-a’zosiga aylangan.

 

2002 yilning 16 fevralida olamdan o'tdi. 

Rasmlar galereyasi