Madayev Omonulla

Tavallud topgan sana: 20 may 1942 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Adabiyotshunoslar, Ustoz va murabbiylar

7358

Tarjimai hol

O.Madayev 1942 yil 20 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1964 yil Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 1958 yil Toshkent shahar 1-sonli maktab-internat o‘qituvchisi, 1964 yil Toshkent shahar 82- sonli o‘rta maktab o‘qituvchisi.

1966 yil ToshDU O‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi katta yordamchisi. 1982 yildan O‘zbekiston milliy universitetining o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida faoliyat ko‘rsatib keladi.

1973 yil “Xorazm xalq dostonlarining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ko‘plab ilmiy va uslubiy ishlar muallifi, xususan, “Insho qanday yoziladi?” (1989), 7, 9-sinflar uchun “Vatan adabiyoti” darsligi, akademik litseylar uchun “Xalq og‘zaki poetik ijodi” darsligi muallifi.

1987 yil universitetning Ilmiy Kengashi qarori bilan “Ta’lim a’lochisi” unvoniga sazovor bo‘lgan. Xalq ta’limi tizimi oldidagi xizmatlari uchun “Xalq maorifi a’lochisi” faxriy nomiga zasovor bo‘lgan va “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

2019 yilning 2 mart kuni vafot etgan.

 

Rasmlar galereyasi