Kuchkunjixon

Tavallud topgan sana: 1452 yil

Vafot etgan sana: 1530 yil

Tug'ilgan joy:Buxoro

Yo'nalishlar: Hukmdorlar

4970

Tarjimai hol

Kuchkunjixon (1452—1530) — Buxoro xonligi o‘zbek sulolalaridan bo‘lgan Shayboniyxonlarning uchinchi hukmdori. 1510 yildan hukmronlik qilgan.

Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng uning tog‘asi Suyunchxo‘ja qisqa muddatga xon etib tayinlangan, keyinroq uning akasi Kuchkunjixon mavqe darajasiga asosan xon etib saylangan. Uning onasi Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiyasulton begim (1485 yil vafot etgan, Turkistonga dafn etilgan) bo‘lgan. Kuchkunjixon o‘zbek ulusi Abulxayrxonning o‘g‘li va Suyunchxo‘ja Shoxbudaxonlarning akasi bo‘lgan.

Kuchkunjixon Samarqand xoni hisoblansa-da, haqiqiy hukmronlikni Shayboniyxonning jiyani Ubaydulla xon qo‘lida bo‘lgan.

Kuchkunjixonning uch nafar o‘g‘li bo‘lgan: Abu Saidxon, Abdullaxon va Abdulatifxonlar.

Kuchkunjixon hukmdorlik vaqtida shayboniyxonlar 1512 yil G‘ijduvondagi so‘fiy jangchilarini tor-mor eta olishgan va Eronni so‘fiylar qaramidan qutqarishgan.

1512-1514 yillar Kuchkunjixon Shayboniyxonning o‘g‘li Timursulton bilan birgalikda bir vaqtning o‘zida mamlakatni boshqarib, Samarqandga ham hukmdorlik qilgan. So‘nggi hukmdor o‘limidan keyin Samarqand hukmdori Kuchkunjixon avlodiga o‘tadi.

1516-1517 yillarda Kuchkunjixon shayboniyxon qo‘shinlarini boshqarib, qozoqlarga qarshi jang olib borgan

1513-1523 yillar Kuchkunjixon pul islohotini o‘tkazib, Shayboniyxonnikidan farqli o‘laroq, pul birligini yangilaydi. Buning ustida, kamroq bosh qotirilgan va 10 yilga yaqin vaqt ketgan. Shunga qaramay, bu islohot moliya va savdo-sotiq rivojiga yetarlicha ta’sir ko‘rsatgan.

Kuchkunjixon hukmdorligi vaqtida, Samarqandda qurilish ishlari faol tus olib borayotgan edi. Xonning buyrug‘iga ko‘ra, 1519 yil Sharafuddin al-Yazdiyning “Zafarnoma”si, Rashid ad-Dinning «Jomi at-tavorih»i eski o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Kuchkunjixonning o‘zi she’riyatni juda yaxshi ko‘rgan va turk tilida she’rlar yozgan.

Kuchkunjixon 1530 yil Samarqandda vafot etgan va Registondan uzoq bo‘lmagan sulolalar hilxonasiga (daxma) dafn etilgan. 1870 yil bu yer hokimiyat tomonidan vayron qilingan. Kuchkunjixon vafotidan so‘ng taxtga uning katta o‘g‘li Abu Saidxon o‘tirgan.

Rasmlar galereyasi