Kostikova Galina Aleksandrovna

Tavallud topgan sana: 1938 yil

Vafot etgan sana: 2 oktabr 2017 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Filologlar, Yozuvchilar

4386

Tarjimai hol

1938 yilda tug‘ilgan Galina Aleksandrovna ko‘pgina yillar davomida “Toshkent haqiqati” (Tashkentskaya pravda) gazetasini mas’ul kotibi bo‘lib ishlab kelgan.

O‘tgan yillar mobaynida uni eng mas’uliyatli va talabchan kotib sifatida uni tilga olish mumkin. Galina Aleksandrovna noldan boshlab “Biznes-vestnik Vostoka” haftalik jurnalini tashkil etdi va uning birinchi bosh muharriri bo‘ldi. U o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha bolalar uchun noyob “Sinf ” gazetasini tashkil etdi va muharrirlik qildi. Keyinchalik “Tasvir” jurnalini boshqardi, yana oradan vaqt o‘tib “Assalomu alaykum ” (Zdrastvuyte) jurnalini kontentini shakllantirdi va boshqardi.

G.Aleksandrovna yoshiga qaramasdan irodali, qat’iyatli, ommaviy axborot vositalarini rivojlanish taraqqiyoti yo‘nalishidagi kichik bir o‘zgarish uni nazaridan chetda qolmasdi, doim ijodkor hamkasblariga asosan yangi va takrorlanmas bir yangilikni taklif qilardi.

 Eng yosh kadrlar ham uning so‘zlarini e’tibor bilan tinglashardi.

Galina Aleksandrovna bu hayotda erta dunyoga kelganini tan olardi, chunki uning qobiliyatlarini ochib beruvchi yangi izlanishlar vaqti kech kelgan edi.

2017 yilning 2 oktyabr sanasida O‘zbekistonning eng yoshi ulug‘ jurnalisti Galina Aleksandrovna Kostikova Toshkentda yo‘l transport hodisasi tufayli olamdan o‘tdi. 80 yoshni qarshilashiga bir oz muddat qolganida bu mudhish voqea yuz berdi.

Rasmlar galereyasi