Haziniy Xo‘qandiy

Tavallud topgan sana: 1867 yil

Vafot etgan sana: 1923 yil

Tug'ilgan joy:Qo‘qon

Yo'nalishlar: Shoirlar

6573

Tarjimai hol

Haziniy Xo‘qandiy haqida ma’lumot Asl ism-sharifi Ziyovuddinxon Doniyolxon o‘g‘li Haziniy to‘ra.

U 1867-yili tug‘ilgan, 1923-yilda 56 yoshida vafot etgan. Qo‘qondagi Jome’ madrasasida tahsil olgan. Qur’on, tafsir, hadis, fiqh, kalom, adabiyot ilmlarini chuqur o‘zlashtirgan.

Tasavvuf ta’limoti bilan izchil shug‘ullangan. Xalq orasida “Haziniy to‘ra”, “Eshonbuva” nomlari bilan e’zozlangan. O‘z davrining Qodiriya tariqatining mashhur shayxi sifatida e’tirof etilgan. Haziniy asarlari 1900 — 1920-yillar orasida ko‘chirilgan qo‘lyozma bayozlarda uchraydi.

“Bayozi Haziniy”ning toshbosma nusxalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Adabiy merosi 4 ming misra atrofida. Shoir asarlarining aksariyatida tasavvuf va tarkidunyochilik ruhi, sof so‘fiyona ma’no va mazmun ustuvor.  G‘azallari diniy-ma’rifiy yo‘nalishda yaratilgani bois, Haziniy merosi mustaqillikkacha deyarli o‘rganilmagan, ijodi Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, So‘fi Olloyor kabi shoirlar she’rlari singari “diniy ta'siri” adabiyot sifatida baholangan.

1992-yildan boshlab shoir tavalludining 125, 130, 140, 150-yillik tavallud sanalari viloyat miqyosida keng nishonlangan.

Rasmlar galereyasi