Hakimov Oxunjon 

Tavallud topgan sana: 20 fevral 1934 yil

Tug'ilgan joy:Farg‘ona

Yo'nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

6749

Tarjimai hol

Oxunjon Hakimov ijodning qutlug‘ dargohiga 50-yillarning oxiri va 60-yillarning boshlarida kirib keldi.

Shundan buyon uning yigirmadan ortiq she’riy to‘plamlari va bir qator qissalari yaratildi.

U «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.

2006 yilda «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi.

Oxunjon Hakimov 1934 yilning 20 fevralida Farg‘ona viloyatining Log‘on qishlog‘ida dunyoga kelgan.

O‘rta maktabdan so‘ng Farg‘ona Davlat pedagogika institutini tugatgan.

Viloyat va respublika markaziy gazetalarida, «Mehnat va turmush» jurnalida faoliyat ko‘rsatgan.

Oxunjon Hakimov lirik shoir sifatida adabiyotimiz rivoji yo‘lida xizmat qilib kelmoqda.

U qaysi mavzuda, qaysi janrda, qaysi vaznda asar yaratmasin, hamisha odamlarning baxt-saodati, imoni, ma’naviyat haqida o‘z qarashlarini olg‘a suradi.

Shoirning «Ilhom vodiysi», «Farg‘ona ruboiysi», «Vatan qasidasi», «Lirika», «Dostonlar», «Ko‘zlaringni o‘zi qora», «Qizlar xayol sursalar» kabi she’riy guldastalari qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, o‘qilib keladi.

Uning «Muhabbatni ko‘zlardan izlang» (1996) nomli she’riy majmuasi esa ma’lum ma’noda saylanma hamdir.

Oxunjon Hakimovning hazil-mutoyibalari ham ajoyib.

Ularda o‘sha vodiy qiziqchiligi, askiyachiligi an’analari yangidan tug‘ilgan, jonlanganday bo‘ladi.

Bu jihatdan shoirning «Yashasin, dovdirlar», «Yasha, so‘rg‘ich», «Qatiqxo‘r», «Qadr», «Xotinimning muovini» kabi hikoyalari e’tiborga loyiq. Hozir shoir istiqlol va uning samarasi, imonli, e’tiqodli zamondoshlari haqida liro-epik asarlar yozmoqda. 

Rasmlar galereyasi