Asqar Qosimov Asrorovich

Tavallud topgan sana: 1946 yil

Vafot etgan sana: 1985 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

4974

Tarjimai hol

Asqar Qosimov qisqa umr ko‘rib, adabiyotimizda chaqmoqdek chaqnab o‘tgan shoirlardan biridir. U hassos shoir sifatida elga tanildi. Ilk she’rlaridagi samimiyat, tabiiylik, soddalik, xalqona tiniq ohanglar she’riyat muxlislariga tezda manzur bo‘ldi. She’riyatda rost gapirishni, tuyg‘ularini rang-barang ohanglarda, yorqin timsollarda jonlantirishni yaxshi ko‘rardi. U ozod fikrlar shoiri edi.


Kichik hayotiy lavhalar, oniy lahzalarni suratlantirib chuqur shoirona umumlashmalar chiqarish Asqarning sevimli poetik usullaridan biri edi. Ehtirosli xitoblar, kuchli savollar vositasida she’rga chuqur hayot, falsafiy mazmun bag‘ishlash va uni harorat, hayajon bilan o‘quvchi yuragiga yetkazish shoir ijodida yetakchi o‘rin tutadi.


U 1946 yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. Hozirgi Milliy universitetning filologiya fakultetini bitirib, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir lavozimida ishladi.
 

Asqar Qosimov 1985 yilda bevaqt vafot etgan.

  • Uning otashin misralari, qaynoq she’rlari barhayot yashab kelmoqda.
  • «Favvora» (1974)
  • «Moviy osmon» (1977)
  • «Zamin ko‘rki» (1979)
  • «Tolbargak» (1980)
  • «Ko‘nglim kabutari» (1982)

Shuningdek, «Sirlar» (1985) va «Obida» («Turdi Farog‘iy») nomli she’riy dramalari bosilib chiqqan.

Asqar Qosimov mohir tarjimon sifatida ham tilga tushgan. Buyuk yunon dramaturglari Esxil («Zanjirband Prometey») va Yevripidning («Medeya») tragediyalarini shoir mahorat bilan o‘zbek tiliga ag‘dargan va alohida-alohida kitob qilib chiqargan.
 

Asqar Qosimov o‘tgan asrning 70-yillarida hassos shoir sifatida elga tanildi. Ilk she’rlaridagi samimiyat, tabiiylik, soddalik, xalqona tiniq ohanglar she’riyat muxlislariga tezda manzur bo‘ldi. Ayniqsa, uning:
 

Bugun qo‘shni chorboqqa 
Kelin tushdi yor-yor. 
Ilojim yo‘q bormoqqa, 
Ko‘nikaman zor-zor, -
deb boshlanadigan va xalq qo‘shiklari ruhida, ma’yus ohanglarda bitilgan «Yor-yor» she’ri ko‘pchilik sevib o‘qiydigan asarga aylanib ketdi.

 

Asqar Qosimov she’riyatda rost gapirishni, tuyg‘ularini rang-barang ohanglarda, yorqin timsollarda jonlantirishni yaxshi ko‘rardi. U ozod fikrlar shoiri edi.
Asqar yonib ijod qilgan paytlarda dil dardlarini bemalol so‘zlash, xalq va jamiyatdagi haqiqiy ahvolni ochiq aytish mumkin emas edi. Hukmron mafkura ijod ahlidan soxta sho‘ro g‘oyalarini targ‘ib va tashviq qilishni qattiq talab qilar, bu mafkura tog‘orasiga sig‘magan fikrlar tazyiq ostiga olinar edi. Barmoq bilan sanarli shoirlargina bu tazyiqlardan noroziligini turli majozlar, tashbehlarga o‘rab ifodalashga urinishgan. Buning uchun ham katta dadillik, ijodiy jasorat zarur edi.

Asqar ana shunday jasur shoirlar jumlasiga kiradi.
Masalan, u «Uzilgan chechaklar» she’rida yozadi:

 

Suv uzra ra’nomi, suv uzra gulmi
Maylini oqimga topshirgan?
Chindanam daryomi, chindanam suvmi
Bir dasta chechakni girdobda shopirgan?
Sohilda batsrayib turgan ey maysalar!
Gapiring,
Tilingiz bor bo‘lsa!
Chechaklar qiryuqqa chitsolmay chayqalar...
Nahosh gul shunchalar xor bo‘lsa?

 

Ana shunday ehtirosli xitoblar, kuchli savollar vositasida she’rga chuqur hayot, falsafiy mazmun bag‘ishlash va uni harorat, hayajon bilan o‘quvchi yuragiga yetkazish Asqar ijodida yetakchi o‘rin tutadi.

Rasmlar galereyasi