Karimova Roziya Zarif qizi

Tavallud topgan sana: 1916 yil

Vafot etgan sana: 15 mart 2011 yil

Tug'ilgan joy:Qozon

Yo'nalishlar: Raqqos va raqqosalar

8154

Tarjimai hol

O‘zbekiston xalq artisti Roziya Zarif qizi Karimova - balet artisti, o‘zbek xalq raqslari ijrochisi, baletmeyster, xonanda, pedagog, san’atshunos, o‘zbek raqsi nazariyasi bilimdoni va asoschisi.

1929 yil Farg‘ona tibbiyot texnikumining tayyorlov kurslariga o‘qishga kiradi va u yerda muntazam ravishda badiiy havaskorlik bilan shug‘ullanish bilan birga, to‘garakka rahbarlik qiladi. 1930 yil havaskor konsert faoliyatlaridagi alohida o‘rni bois, uni O‘zSSR Sovet xalq komissarligi tomonidan Samarqand teatrining teatr studiyasiga yuborishadi. U yerda bir vaqtning o‘zida o‘qib ishlaydi. Natijada, teatr Samarqanddan Toshkentga o‘tkaziladi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek akademik opera va balet teatriga aylanadi. Butun ijodiy faoliyati davomida ushbu teatr artisti bo‘lgan.

1937 yil Moskvadagi san’at o‘n kunligida milliy raqs ijrosi uchun “Hurmat belgisi” ordeni bilan mukofotlangan. 1939 yil Katta Farg‘ona kanali qurilishidagi ijrosi uchun “Fidokorona mehnatlari uchun” medali bilan taqdirlangan. 1942 yil “Davron ota”, “O‘zbekiston shamshiri”, “Layli va Majnun” va “Gulsara” operalaridagi raqs ijrosi uchun O‘zbekSSRda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘ladi.

1950 yil o‘zbek san’ati sohasidagi faoliyati va O‘zbekSSRining 25-yillik yubileyi munosabatlari bilan O‘zbek SSR xalq artisti unvoniga ega bo‘lgan. 1951 va 1959 yillar “Mehnat a’lochisi” medallari bilan mukofotlangan. 1958 yil SSSR Madaniyat vazirligi tomonidan “A’lo darajalik mehnati uchun” nishoni bilan taqdirlangan.

Xalqaro mukofot laureati, 17 ta kitob va o‘zbek raqsi nazariyasi va tarixi bo‘yicha o‘quv qo‘llanma muallifi.

Roziya Qoriyeva rahbarligi ostida ko‘plab yorqin iqtidor sohibalari tahsil olgan va sharafli artistlik unvonlari va hukumat mukofotlari bilan taqdirlanganlar. Bernara Qoriyeva, Ra’no Nizomova, Ibrohim Yusupov, Dilafruz Jabborova, Shokir Ahmedov, Dilbar Abdullayeva, Karima Uzoqova, Sivilya Tanguriyeva, Qodir Mo‘minovlar Roziya Qoriyevani o‘z ustozi deb bilishadi.

Bugungi kunda Tamara Xonim, Mukarrama Turg‘unboyeva, Roziya Karimovalarning ko‘plab izdoshlari raqs san’ati rivojiga o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda. Ular “Ofarin” raqs teatrida, “Sabo”, “O‘zbegim yulduzlari”, “O‘zbegim yoshlari” va boshqa raqs jamoalarida samarali faoliyat yuritib kelishmoqda.

“Hurmat belgisi” va “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan.

Hayotdan 2011 yilning 15 mart kuni ko‘z yumgan. Toshkentdagi Minor qabristoniga dafn etilgan.

Rasmlar galereyasi