Izmaylova Galiya Bayazitovna

Tavallud topgan sana: 22 fevral 1923 yil

Vafot etgan sana: 2 oktabr 2010 yil

Tug'ilgan joy:Rossiya

Yo'nalishlar: Raqqos va raqqosalar

6782

Tarjimai hol

Galiya Bayazitovna Izmaylova — o‘zbek balet va raqs san’atining yirik namoyandasi, O‘zbekiston xalq artisti.

Galiya Izmaylova 1923 yilning 12 fevral kuni tug‘ilgan. Toshkent balet maktabini tamomlab, Toshkent davlat san’at institutida o‘qiydi.

G.Izmaylova o‘z mehnat faoliyatini 1941 yil Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrida solistlikdan boshlaydi va yarim asrdan uzoq vaqt davomida ushbu teatr baletmeysteri, bosh baletmeysteri lavozimlarida ishlaydi, o‘zbek opera va balet san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan.

 

G.Izmaylova zamonaviy o‘zbek xoreografiya san’atining yorqin namoyondasi sifatida milliy va ovrupa an’analarini chuqur egallab, noyob iqtidori va yuqori ijrochilik mahorati ila o‘ziga xos ijodiy maktab yaratgan. Sharq va G‘arb xalqlarining mashhur xoreografik asarlari uning ijrosida mamlakatimizda va dunyoning ko‘plab davlatlarida katta e’tirof va shuhrat qozongan.

“Munojot”, “Tanovar”, “Dilxiroj” milliy raqslari, “Sevgi tumori”, “Layli va Majnun”, “Oq qushlar ko‘li”, “Don Kixot”, “Karmen”, “Korsar”, “Raymonda” kabi milliy va jahon mumtoz asarlari G.Izmaylova tomonidan yuqori badiiy mahorat ila ijro etilib, o‘zbek madaniyati va san’ati xazinasidan munosib o‘rin egalladi.

 

G.Izmaylova jonkuyar murabbiy o‘rnida o‘nlab iqtidorli o‘quvchilarga ta’lim bergan, ularni raqs san’ati sirlaridan boxabar etgan.

G.Izmaylovaning milliy madaniyat va san’at rivoji uchun qilgan katta xizmati davlat tomonidan munosib baholangan. G.Izmaylova O‘zbekiston xalq artisti sharafli unvoniga sazovor bo‘lgan, Davlat mukofoti bilan taqdirlangan, “Mehnat shuhrati” va “Do‘stlik” ordenlari hamda “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

Shuningdek, balet partiyalari ijrosi bilan bira, Galiya Izmaylova M.Ashrafiyning “Dilorom”, P.Chaykovskiyning “Oq qushlar ko‘li” operalari va boshqa spektakllar uchun raqslar sahnalashtirgan.

2010 yil 2 oktyabr kuni vafot etgan, Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.

 

Balet pariyalari:

* “Bog‘chasaroy favvorasi” B. V. Asafeva - Mariya

* “Don Kixot” L. Minkusa - Kitri

* “Shahrizoda” N. A. Rimskiy-Korsakov musiqasiga - Shahrizoda

* “Bolero” M. Ravel - Karmen

 

Mukofotlari

Galiya Izmaylova 2 ta Lenin ordeni, “Hurmat belgisi” ordeni va medallar (SSSR) bilan mukofotlangan, shuningdek, “Mehnat shuhrati” va “Do‘stlik” ordenlari hamda “Shuhrat” (O‘zbekiston) medali bilan taqdirlangan.

* Stalin mukofoti (1950).

* O‘zbekiston xalq artisti.

* SSSR xalq artisti (1962).

Video galereya

Rasmlar galereyasi