Ismoil Jurjoniy

Tavallud topgan sana: 1042 yil

Vafot etgan sana: 1136 yil

Tug'ilgan joy:Jurjon

Yo'nalishlar: Shifokorlar

7282

Tarjimai hol

Zayniddin Abul Fazoyil Ismoil ibn Husayn al-Jurjoniy al-Xorazmiy — taniqli shifokor.

1042 yil Jurjonda (Kapiy dengizi qirg‘og‘idagi Gurgon shahri) tug‘ilgan, so‘ngra, Xorazmga ko‘chib o‘tadi va uzoq yillar davomida shu yerda yashaydi.

O‘zinnig tabobatga oid “Zahira-i xorazmshahi” asosiy mehnatini Jurjoniy Qutbiddinga bag‘ishlaydi. O‘g‘li Otsizning farmoniga ko‘ra, 1113 yil u “Zahirlar”ning qisqartirilgan, ya’ni, tibbiyot qo‘llanmasining yon daftarchasiga xos ko‘rinishini tuzadi.

O‘zining asosiy asari “Zahira-i xorazmshahi”da Jurjoniy zamonasining butun tibbiyotini (unga shaxsiy kuzatuvlarini qo‘shgan holda) forsiy tilda ifoda etgan.

Jurjoniy asarlarining o‘ziga xos xislatlari shundaki, ularda u yoki bu kasalliklarning kelib chiqishida mahalliy ob-havo va boshqa sharoitlarning Xorazmga ta’siri kabi ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar, shuningdek, Xorazm bilan bog‘liq dorivor o‘simliklar, davo usullari ham keltirilgan.

“Zahira-i xorazmshahi” o‘z davrida juda mashhur bo‘lgan va tibbiyotga oid asosiy mehnatlardan biri hisoblangan. Turli kutubxonalarda uning ko‘plab nusxalari saqlanib kelishi buning isbotidir.

XII asr muallifi Aruzi Samarqandiy Jurjoniyning “Zahir”ini Galen, Roziy, Ibn Sino va boshqa atoqli olimlarning asarlari bilan bir qatorga qo‘yadi. Asar ivrit tiliga tarjima qilingan, XVI asrda turk tiliga tarjima qilingan; XVIII yilgi eski o‘zbek tiliga o‘girilgan qisman tarjimasi mavjud. XX asrda “Zohiriy” matni Eronda nashrdan chiqarilgan.

Jurjoniy xorazmshoh Qutbiddin Muhammad ibn Anushtagin saroyida (1097-1127) hamda uning o‘g‘li Aloudavla Otsiz (1127-1156) hukmronligi davrida ishlagan. Jurjoniy Galen, Gippokrat, Abu Bakr Roziy va Ibn Sino kabi qadimiy yunon va sharq shifokor-olimlarning mehnat namunalarini o‘rgangan.

“Zohiriy Xorazmshohiy” kitobi ustida ishini tamomlab, u Marvga jo‘naydi. Bu vaqtda Marv poytaxt hisoblanib, Sulton Sanjar tomonidan boshqarilgan. Bu sulton Jurjoniyga katta ehtirom ko‘rsatgan, shu sababli, u umrining oxirigacha shu shaharda, Sulton Sanjar homiyligi ostida yashagan. Bu yerda u Abul Qosim Kushariy bilan hadislar haqida suhbatlar qurgan. Abi Sodiq bilan birga esa tabobat masalalari bo‘yicha maslahatlashgan. Shuningdek, u Iroq, Fors, Xuzeston (Eronning janubiy g‘arbi) shifokorlari, xususan, Ibn Sino o‘quvchilari bilan munosabatni qo‘llab-quvvatlagan.

Umrinnig oxiriga qadar u Marv madrasalarida dars bergan. Yokuta Hamaviyning “Mujamul-buldon” kitobidan ma’lumki, Ismoil Jurjoniy hijriy 531 yil (1136) vafot etgan. O‘limidan so‘ng uning ilmiy merosi yana uzoq asrlar davomida e’zozlangan va foydalanilgan

Rasmlar galereyasi