Irdana-biy

Tavallud topgan sana: 1720 yil

Vafot etgan sana: 1764 yil

Tug'ilgan joy:Qo‘qon

Yo'nalishlar: Hukmdorlar

1500

Tarjimai hol

Irdana-biy (1720-1764), taxt boshqaruv yillari 1750-1764, Qo‘qon xonligidagi o‘zbeklarning ming sulosasining to‘rtinchi hukmdori.

Abdukarim-biyning o‘limidan so‘ng 1750-1751 yillar Qo‘qon xonligida hukmronlik uning jiyani Irdan-biyga o‘tadi. Hukmronligining ilk yillari minglar sulolasi o‘rtasida hokimiyat uchun kurash zo‘riqib ketadi. 1752 yil saltanatni uning akasi Bobobek egallaydi, u taxtni o‘n oygina boshqargan.

1753 yil Irdan-biy yana Qo‘qon xonligi taxtiga o‘tiradi.

Irdan-biy Qo‘qon xonligining kengayishi ustida juda faol siyosiy ishlar olib boradi. Buxoro xoni Muhammad Rahimbiy bilan birlashib, (1756-1758) u o‘zbeklarning yuz sulolasiga yurish qiladi. Muhammad Rahimbiy uning tutingan otasi bo‘ladi.

1758 yil Irdan-biy mamlakatga Ura-tyubeni qo‘shib oladi.

1762 yil mamlakatni Sin saltanati bosib olishi havfi tug‘iladi. Irdan-biy sin saltanatiga qarshi ittifoq tuzishga musharraf bo‘lib, uning tarkibidan afg‘on davlati asoschisi Ahmad-Shoh-Durra (1747-1768) ham o‘rin olgan edi. Bu ittifoq sin saltanati Qo‘qon xonligini ozodlikdan mahrum qilish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Irdana-biy o‘zidan voris qoldirmagan. Uning besh nafar qizi bo‘lgan.

Irdana-biyning o‘limidan so‘ng 1764 yil davlat hukmronligi Sulaymon-bekka o‘tib, u davlatga bir necha oygina hukmronlik qiladi. Shundan so‘ng boshqaruv Abdukarim-biyning nabirasi Norbo‘ta-biyga o‘tadi.

Rasmlar galereyasi