Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich

Tavallud topgan sana: 8 fevral 1962 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Iqtisodchilar, Ustoz va murabbiylar, Siyosatchilar

18603

Tarjimai hol

2013 yil 8 fevraldan e’tiboran, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri. 2013 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosi. Pedagogika fanlari nomzodi va professor.

1962 yil 8 fevral kuni Toshkentda tug‘ilgan. 1985 yil Toshkent politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) muhandislik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, 1998 yil Toshkent moliya institutini tamomlagan.

1985-1989 yillar Toshkent politexnika institutida yordamchi.

1989-1993 yillar Toshkent politexnika instituti aspiranti.

1993-1999 yillar Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Iqtisod” fakulteti dekan o‘rinbosari, keyinroq shu fakultet dekani, Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Iqtisod va boshqaruv” kafedrasi dotsenti.

1999-2003 yillar Toshkent moliya-iqtisod kolleji direktori, Toshkent arxitektura-qurilish instituti iqtisodiyot va boshqaruv kafedrasi professori.

2003-2006 yillar Fan, Ta’lim va Madaniyat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi bosh maslahatchisi.

2006-2011 yillar Toshkent Moliya va iqtisodiyot kolleji direktori.

2011-2013 yillar Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2013 yil 8 fevraldan Ulug‘bek Ilyasovich Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri etib tayinlangan.

Video galereya

Rasmlar galereyasi