Imomqulixon

Tavallud topgan sana: 1582 yil

Vafot etgan sana: 1644 yil

Tug'ilgan joy:Buxoro

Yo'nalishlar: Hukmdorlar

8512

Tarjimai hol

Imomqulixon  — o‘zbeklarning janidlar sulolasidan, Buxoro xonligining uchinchi xoni. Hukmronlik yillari 1611-1642.

Buxoro xoni Vali Muhammad xonning (1605−1611) vorisi uning jiyani, ya’ni katta akasi Dinmuhammadning o‘g‘li Imomquli xon (1611−1642) bo‘lgan. Vali Muhammadxonning siyosati aslzodalarda norozilik tug‘diradi va ular xonni taxtdan yiqitib, o‘rniga Imomqulixonni o‘tkazishadi. Siyosiy kurashda Vali Muhammadni Abbos I shox boshchiligidagi so‘fiylar qo‘llab-quvvatlashadi, biroq eron va qozoq jangchilari ittifoqdoshligi Imomqulixon tomonidan tor-mor qilinadi. Shunga qaramay, 1612 yil u o‘zining bosh qo‘mondoni Yalangtush Bahodirbek elchin boshchiligidagi jangchilarini qozoq xoni Yesimxonga qarshi yuboradi.

1621 yil Tursun sulton boshchiligidagi qozoq jangchilariga qarshi ashtarxoniylar jangchilari bosh qo‘mondoni Yalangtush Bahodir bo‘lgan.

1628 yil Imomqulixon farmoni bilan Yalangtush qozoq Abuli Sultonni Toshkent ostida tor-mor qiladi va uni Qashqarga qochib ketishini majbur qiladi.

1636 yil Yalangtush biy boshchiligidagi Imomqulixon jangchilari Sayramga yurish uyushtirishadi va atrofdagi qozoq qabilalariga hujum uyushtirishadi. Harbiy yurishlar Dashti Qipchoqqacha davom etgan.

Imomqulixon hukmronligida Ashtarxoniylar davlati barpo etilgan vaqtidan buyon eng yuqori cho‘qqisiga erishgan. Imomqulixonning tog‘asi o‘zbeklar naslidan bo‘lgan Nodir devonbegi ham mamlakatda juda katta hurmatga ega bo‘lgan. U davlat moliya ishlari vaziri bo‘lishiga qaramay, ilm-fan va san’at homiysi o‘rnida ko‘proq tanilgan. U o‘z mablag‘iga Buxoro hamda Samarqandda madrasa qurdirgan.

Muvaffaqqiyatli tashqi siyosatga qaramay, Imomqulixon alohida o‘zbek qabilalaridan bo‘lgan separatizmlar bilan bog‘liq mamlakatdagi ichki siyosiy ziddiyatlarni bartaraf qila olmagan.

Shunga qaramay, buxoroliklar unga «dono, jasur va adolatli xon» deya ta’rif berishgan, zero u xalqning muhabbatiga sazovor bo‘lgan.

Imomqo‘li hukmronligi davrida Tilla-qori masjid majmuasi, Samarqanddagi Sherdor madrassasi, Buxorodagi Nodir-Devon-begi madrasasi va boshqa ko‘plab mashhur nodir me’moriy binolar barpo etilgan.

Imomquli xon hayotining so‘nggi yillari ko‘z nuridan qoladi va 1642 yil o‘z akasi Nodir Muhammad xon (1642-1645) foydasiga taxtdan voz kechib, haj safariga otlanadi. Nodir devonbegi Imomquli xonni sayohatda kuzatib borgan. Imomquli xon Erondagi safaviy shohi saroyida mehmon bo‘ladi, mahalliy rassom Muin Musavvir uning suratini chizadi.

Imomquli xon 1644 yil Makkada vafot etgan va Madinaga dafn etilgan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, xonning janozasida 600 ming nafar ziyoratchi ishtirok etgan.

Rasmlar galereyasi