Imomxo‘jayev To‘lqin

Tavallud topgan sana: 1938 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Shoirlar

4264

Tarjimai hol

Shoir va nosir To‘lqin Imomxo‘jayev nafaqat asarlarida, balki hayotda ham vijdonli va mehribon inson bo‘lgan. Uning ba’zi asarlari teatr sahnalarida sahnalashtirilgan. Muqimiy nomidagi teatrda “Oltin kamar”, (1979), Satira teatrida “Buvam uylanmoqchi” (1993) va Yosh tomoshabinlar sahnasida “Qaynar xumcha” (1996) asarlari namoyish etilgan.

To‘lqin Imomxo‘jayev 1938 yil Toshkentda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlab, 1956-1961 yillar Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil oladi.

1961-1970 yillar G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at tahririyatida muharrir bo‘lib ishlaydi. So‘ngra, “Toshkent” telestudiyasida bosh muharrir, “Yangi avlod” nashriyotida bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyati yuritadi.

Maktabda o‘qigan kezlariyoq, adabiyotga mehr qo‘yadi va shoir G‘ayratiy rahbarligidagi adabiyot to‘garagida she’riyat san’atini o‘rganadi. Ushbu to‘garakda Erkin Vohidov va Sayyorlar ham tahsil olishgan.

O‘zining adabiy iqtidorini u 60-yillar namoyon eta boshlagan. Uning ilk she’riy to‘plami 1962 yil “Jilg‘alar” nomi ostida chop etilgan.

So‘ngra boshqa to‘plamlari ham chop etilgan: “Yurak tinchimaydi” (1963), “Sevgim” (1965), “Buloq qo‘shig‘i” (1966), “Yuragimdan izlangiz” (1968), “Yulduzlar to‘kilmaydi” (1968), “Sevgi ko‘prigi” (1974), “Umrdan hadya” (1978), “Birinchi muhabbat bekati” (1980), “O‘sha muhabbat” (1988), “Yana uchrashamiz” (1988), “Bir xiyonat fojiyeasi” (1995), “Sochilgan sirlar” (1996).

Rasmlar galereyasi