Igamberdiyev Xusan Zakirovich

Tavallud topgan sana: 1946 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Matematiklar

1989

Tarjimai hol

Igamberdiyev Xusan Zakirovich — akademik, texnika fanlari doktori, professor, O‘zR xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi.

1946 yil Toshkentda tug‘ilgan. 1963 yil 46-sonli o‘rta maktabni tugatgach, Toshkent politexnika institutiga o‘qishga kirib, 1968 yil “Avtomatika va telemexanika” ixtisosligi bo‘yicha muhandis-elektrik kasbiga ega bo‘ladi.

1968 yilning avgustidan 1968 yilning dekabrigacha Toshkent politexnika institutining “Avtomatika va telemexanika” kafedrasi yordamchii.

1968 yilning dekabridan 1969 yilning noyabrigacha harbiy xizmatda.

1969 yilning  noyabridan 1974 yilning sentabriga qadar “Avtomatika va telemexanika” kafedrasi yordamchisi.

1974 yilning sentabridan 1977 yilning noyabriga qadar “Avtomatika va telemexanika” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

1974 yil nomzodlik dissertatsiyasini himoyalagan.

1977 yilning mayidan 1986 yilning avgustiga qadar o‘rindoshlik asosida dekan muovini lavozimida ishlaydi.

1977 yilning aprel oyidan 1992 yilning sentabr oyigacha “Avtomatika va telemexanika” hamda “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedralari dotsenti.

 

1991 yil 01.01.11 “Tizimli tahlil va avtomatik boshqarish” ixtisosligi bo‘yicha “Dinamik ob'yektlarni muntazam aniqlash usullari va algoritmlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi.

Ilmiy faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlar - identifikatsiya, baholash, muvofiq va o‘rganuvchan boshqarish, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, texnik tizimlarda boshqaruv, axborotlarni qayta ishlash va boshqarish tizimlaridir.

468 ta ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlari chop ettilgan. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish sohasida 5 ta fan doktori va 22 ta fan nomzodlarini tayyorlagan.

 

1992 yilning sentabr oyidan 2001 yilning fevral oyigacha Toshkent davlat texnika universitetining “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi professori.

2000 yilning yanvar oyidan 2001 yilning fevral oyigacha Toshkent davlat texnika universiteti Kengashining ilmiy kotibi.

2001 yilning fevral oyidan 2004 yilning 31 yanvar oyigacha Toshkent davlat texnika universiteti “Elektronika va avtomatika” fakulteti dekani, 2004 yilning fevral oyidan 2012 yil fevral oyigacha “Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi mudiri.

2000 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoni berilgan.

2012 yilning fevral oyidan 2016 yilning sentabr oyigacha Toshkent davlat texnika universitetining “Boshqaruvda axborot texnologiyalari” kafedrasi professori.

 

2016 yilning sentabr oyidan hozirgi vaqtgacha Toshkent davlat texnika universiteti “Muhandislik tizimlari” fakultetining “Intellektual muhandislik tizimlari” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.

2018 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangan.

Rasmlar galereyasi