Ibrohimov Lekim Hakimovich

Tavallud topgan sana: 21 dekabr 1944 yil

Tug'ilgan joy:Qozog‘iston

Yo'nalishlar: Rassomlar

6062

Tarjimai hol

Lekim Ibragimov - grafik, rassom. Professor, O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasi akademiki, Rossiya badiiy akademiyasining sharafli a’zosi.

1944 yil 21 dekаbr kuni Qozog‘istonning Olma-ota viloyatining Uyg‘ur tumani Kichik dehqon qishlog‘ida dunyoga kelgan. 1964 yildan 1971 yilgacha Olma-ota shahrining N.V.Gogol nomidagi rassomchilik bilim yurtida o‘qigan. 1971-1977 yillar - A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining grafika bo‘limi talabasi. 1976 yildan, ya’ni talabalik kezlarida Lekin Ibrohimov respublika, butun ittifoq miqyosidagi turli tanlovlar va ko‘rgazmalarning faol qatnashchisiga aylanadi. 1978 yil SSSR rassomlar uyushmasiga qabul qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston rassomlar uyushmasi a’zosi ham hisoblanadi (1996 yildan - O‘zR RA rassomlar ijodiy birlashmasi). 1978 yildan 1986 yilga qadar “Sinej” rassomchilik ijodiy uyida doimiy ishlagan, shuningdek, Boltiq mamlakatlaridagi badiiy ustaxonalarda ham faoliyat yuritgan. 1998 yil Lekim Ibrohimov Parijdagi Butunjahon rassomlar yig‘ilishi vakili bo‘lgan.
 

1999 yil O‘zbekiston Respublikasi badiiy Akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylanadi. Shu yili Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti professori bo‘ladi. 2001 yil akademik Lekin Ibrohimov qilgan mehnatlari evaziga “O‘zbekiston xalq rassomi” unvoniga ega bo‘ladi. 2008 yil Rossiya badiiy akademiyasi sharafli a’zosiga aylanadi.

Lekin Ibrohimovning uslubiy ishlari o‘zida tasviriy san’at, grafika va notiqlikni mujassam etadi. Uning ijodi — sharq va g‘arb madaniy merosining, modernizm va she’riy ramzning, an’anaviy mumtoz va abstrakt-syurrealistik yo‘nalishlarning uyg‘un jamlanmasidir. Lekim Ibrohimovning “tashrif qog‘ozi” o‘zining har bir kartinasidagi farishta yoki bir nechta farishtalarning timsoli hisoblanadi.

L.Ibrohimovning kartinalari Sharq xalqlari Davlat san’ati muzeyi (Moskva, Rossiya), O‘zbekiston davlat san’at muzeyi (Toshkent), Sharq Osiyо muzeyi (Budapesht, Vengriya), Novosibirsk davlat badiiy muzeyi (Rossiya), A. Kasteyev nomidagi Davlat san’at muzeyi (Olma-ota, Qozog‘iston), Tavkerxen shahridagi Merii galereyasidan (Germaniya) joy olgan. Uning ishlari, shuningdek, AQSh, Fransiya, Italiya, Isroil, Hindiston, Avstriya, Yaponiya, Germaniya, Rossiyadagi shaxsiy to‘plamlardan o‘rin olgan.

 

Mingta farishta va bir kartina

2000 yil Lekim Ibrohimovda “Ming bir kecha” afsonaviy sharq ertaklari mavzusida polotno yaratish g‘oyasi paydo bo‘ladi. Ijodiy-loyiha mohiyati o‘n yil davomida shakllanib, uni amalga oshirish uchun L. Ibrohimov 2010 yil kirishadi. Loyiha “Mingta farishta va bir kartina” nomini oldi. Mohiyat aniq ochib berildi, zotan, polotno mingta alohida ishdan iborat. Har bir ishi - bu har tomonlama to‘liq kartina bo‘lib, ularda farishtalar tasvirlangan. Polotno hajmi 500 kv.metrdan ziyod (balandligi 8 metr va uzunligi 66 metr).

Birinchi qarashda, bu qaror barchaga ma’lum mozaikani eslatadi. Biroq, bu xato taassurot, zero, bir butun qism tugallanmagan bo‘laklarni tashkil qilmaydi. Bu yerda metamarfoza hosil bo‘lib, uning jarayonida alohida mustaqil o‘lchamlar birlashib, bir butunni, lekin umuman boshqa narsani tashkil qiladi. Mega-polotno taqdimoti 2012 yil Pragada, 2013 yil Moskvada va 2014 yil Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Moskvada bo‘lib o‘tgan ekspozitsiyada “Interrekord” rekordlarni qayd etish xalqaro agentlik ishtirok etdi va “Bir rassom tomonidan moy bo‘yoqda chizilgan dunyodagi eng katta kartina” hamda “Bir kartinaga eng ko‘p tushirilgan farishtalar soni” nominatsiyalari bo‘yicha ikkita jahon rekordini ro‘yhatga oldi.

 

Mukofotlar

•          1998 - “Jahon madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi” uchun O‘zbekiston badiiy akademiyasining oltin medali

•          1999 - O‘zbekiston Respublikasining haqiqiy a’zosi

•          1999 - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti professori

•          2001 - Zamonaviy san’at Toshkentdagi I Biyennnalening bosh sovrini

•          2001 - O‘zbekiston xalq rassomi unvoni

•          2005 - Qozog‘istonning Olma-ota viloyati Uyg‘ur tumanining “Sharafli fuqarosi” unvoni

•          2008 - Rossiya badiiy akademiyasi sharafli a’zosi.

 

Qiziqarli faktlar

1997 yil Shveysariyada Lekim Ibrohimovning she’riy kitobi nashr etilgan. Rassomning so‘zlariga ko‘ra, bu she’rlar - o‘ziga xos qofiyalangan ijodiy aqida va o‘z dunyoqarashining tasviridir.

2009 yil Lekin Ibrohimov sharafiga Rossiya badiiy akademiyasi uning kartinalari tushirilgan devoriy gazetasini chiqartiradi.

Lekin Ibragimovning yaqin do‘stlaridan biri Chingiz Aytmatov bo‘lgan. Rassom 2008 yilgi Moskvada Zurab Seretelning san’at galereyasida bo‘lib o‘tgan “Osiyoning o‘g‘irlanishi” shaxsiy ko‘rgazmasini uning xotirasiga bag‘ishlaydi.

Rasmlar galereyasi