G‘ulomov ​Qodir G‘ofurovich

Tavallud topgan sana: 1945 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Fiziklar

7964

Tarjimai hol

Qodir G‘ofurovich G‘ulomov— o‘zbek fizik olimi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, davlat arbobi.

1945 yilda tugilgan. U shoir Gulomov Gofur Gulomovichning ogli. 1963 yil ToshDUga oqishga kiradi.

1967 yilda Bruno Pontekorvo, Mixail Mesheryakov, Aleksandr Baldin, Mixail Podgoretskiy, Valentina Grishina kabi ustozlar qolida oqigan.

1968 yil O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi S. Azimovning yader-fizika institutining yuqori energiyalar laboratoriyasiga yuboriladi.

1971 yil fizika-texnika institutiga o‘zkaziladi. 1989-1999 yillarda birlashmaning bosh direktori, 1991-1999 yillar bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining bosh ilmiy kotibi bo‘lib ishladi.

1999-2000 yillarda — Mudofaa vazirligi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi boshlig‘i, 2000-2005 yillarda Mamlakat fuqarolari bo‘yicha birinchi mudofaa vaziri, keyinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi. 2006 yildan “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi yetakchi ilmiy xodimi lavozimlarida ishlab kelgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligidagi faoliyati

 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan foydalanish va qurilish kabi dolzarb masalalar bo‘yicha harbiy tadqiqot ad’yunkturasini, harbiy adabiyotni, “O‘zbekiston Respublikasi harbiy maslahat kutubxonasi” to‘plamlarini tashkil qilgan. Tilshunoslik tayyorgarlik institutini yaratgan, chet ellik harbiy mutaxassislarni harbiy tayyorgarlik jarayonlariga jalb qilgan. Turli xil yo‘nalishdagi qo‘shinlar uchun mo‘ljallangan O‘zbekistonda elektron trenajyorlarini ishlab chiqarilishi va yo‘lga qo‘yilishini tashkil qilgan, jangovor o‘quv maktablari va yangi poligon qatorlarini tashkil etilib, eskilarining tiklanishi ustida ishlar olib borgan.

Mukofotlari

  • A.R.Beruniy nomidagi fan va texnika sohasida O‘zbekiston Davlat mukofoti (1983 y.)
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi “Mustaqillik” medali (1992 y.)
  • «Shon-Sharaf» ordeni (2003 y.).

 

Rasmlar galereyasi