G‘ofurov Vali

Tavallud topgan sana: 1 oktabr 1922 yil

Vafot etgan sana: 5 avgust 1995 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Yozuvchilar, Qahramonlar

6529

Tarjimai hol

Vali G‘ofurov 1922 yil 1 oktabr Toshkent atrofida, dehqonlar oilasida tug‘ilgan, yettinchi sinfni tugatib, mualliflik kurslarini yakunlaydi va 1940 yil Samarqand viloyati maktablaridan biriga yo‘llanma oladi.

1941 yil Vali G‘ofurov Nalchiq harbiy askarlar bilim yurtining kursanti bo‘ladi. 1942 yilning yozida Janubiy frontda juda mushkul vaziyat yuzaga keladi: fashistlar Shimolik Kavkaz, Don, Stalingradga bostirib kiradi. Natijada, kursantlar muddatdan oldin ozod etilib, V. G‘ofurovni frontga jo‘natishadi. 1942 yilning 19 oktabr kuni Sevastopolni qahramonona mudoffa qilish vaqtida u yarador bo‘ladi va ko‘z nuridan ayriladi. Uning so‘nggi jangi jurnalist O. Sidelnikov tomonidan Vali G‘ofurovning “Igna bilan yozilgan roman” kitobi muqaddimasida tasvirlangan.

“Tongga qadar og‘ir jang qo‘qqislayotgandi. Bizning askarlarimiz birin-ketin gitlerliklar hujumini qaytarishardi. Mana, gumbirlab, o‘tkir to‘lqinli “ura” daqiqasi ham keldi, bizning batalonimiz qo‘shimcha hujumga kirishdi... Dushman yeridagi vahshiy jang bellashuvi, qochdik! Ularni kuzatib borish zarur...

Vali qurshovdan shiddatli qochdi va to‘satdan, yonginasidan chidab bo‘lmas yorqin olov uchquni paydo bo‘ldi — siyohday zulmat bostirib keldi”.

Vali G‘ofurov aslaha qoldiqlaridan ko‘plab og‘ir jarohatlar oldi, shifokorlar uning hayoti uchun uzoq vaqt kurashdilar. U o‘ziga kelganida, bir umrga ko‘zi ojiz qolishini tushunib yetadi. Qalb qiynoqlari boshlandi, hayot mazmuni o‘ylari ketidan joniga qasd qilish hayollari ergashdi. A. Maresev jasorati, N. Ostrovskiylar taqdiri bilan tanishuv, shuningdek, G‘ofurovni kasalxonaga ko‘rgani kelgan ko‘zi ojiz jurnalist, Moskvadagi jang qahramoni K. V. Zotov bilan uchrashuv tanglik holatidan chiqishga yordam berdi.

V. G‘ofurov o‘zida yashash kuchini topdi. Brayl tizimi bo‘yicha o‘qish va yozishni o‘rganib, kattalarning ko‘zi ojizlar maktabiga o‘qituvi bo‘lib ishga kiradi, so‘ngra, O‘zbek ko‘zi ojizlar jamiyatining ishlab chiqarish kombinatiga boshchilik qildi.

O‘z xotiralari bilan u roman tarjimoni Oleg Sidelnik bilan o‘rtoqlashadi va bu xotiralar “Igna bilan yozilgan roman” muqaddimasida keltirilgan.

Yoshligidan Vali adabiyotga qiziqadi, she’rlar yozishga harakat qiladi, yoshlar gazetalari bilan hamkorlik qiladi. Ko‘z nuridan ayrilishi bilan, yozuvchi bo‘lish orzusidan ham ayrilganday tuyuladi.

Vali o‘zini, hatto yozishga ham kuchi yo‘qdan sezadi. U yosh avlodga tengdoshlarining otalari va okalari bilan Ulug‘ Vatan urushi yillaridagi oddiy va ajoyib, fojiali va havas qilsa arzigulik jamoaviy jasoratlari, taqdiri haqida xabar berishi kerak, majbur!

Ko‘zi ojiz yozuvchining “temir ignasi “qalami” bilan qurollanib, Vali kitob yozishga kirishadi. Azob va qiynoqli mehnat yillari o‘tib, bir dunyo karton qog‘ozlari teshilib, va nihoyat, so‘nggi alamli nuqta qo‘yildi.

Ammo bu mislsiz mehnatning boshlanishi edi xalos. Igna bilan teshilgan sanoqsiz karton qog‘ozlarni endi qo‘lyozmaga aylantirish kerak. Yana bir necha oy tirishqoq mehnat. Vali yaqinlari va do‘stlariga romanni qo‘lda o’qib hikoya qilib beradi. Hatto, endigina o‘qish va yozishni o‘rgangan bolalar ham unga sidqidildan yordam berishadi. Romanning saqlanib qolgan qo‘lyozmasi — bu nafaqat g‘olib xalq madhiyasi, balki - buyuk insoniy do‘stlik madhiyasidir.

Romanning bosh qahramoni Rustam Shokirov nimasi bilandir Vali G‘ofurovga o‘xshaydi, lekin ularni qiyoslashning keragi yo‘q. Muallifning o‘zi romanga so‘ngso‘z yozarkan: “Nima uchun men Rustam haqida yozyapman? U o‘zining yuzlab zamondoshlaridan ortiq emas. Urush yillari haqiqiy erkakka aylangan oddiy yigit. Rustam ko‘p qiyofali: u ham o‘zbek, ham rus, gruzin va ukrainalik, estoniyalik va qozoq... Rustam Volga qirg‘oqlaridan Elba qirg‘oqlarigacha bo‘lgan og‘alar qabristonida uxlamoqda. U paxta o‘stirib, atom sirlariga g‘arq bo‘lmoqda, u ishchi, kolxozchi, ziyoli...

U askar yigit, millionlab bedarak yo‘qolganlardan bittasi, keyinroq sayyoramiz tarixining qirqinchi yillar boshigacha bo‘lgan davrini o‘z qoni bilan yozgan mening tengdoshim”.

1970 yil Vali g‘ofurov SSSR Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilinadi. O‘zining “Igna bilan yozilgan roman” kitobini va ushbu roman yozilgan yozuv ish qurollarini u N. Ostrovskiy muzeyiga taqdim etadi.

Rasmlar galereyasi