Egamnazarov Nazarmat

Tavallud topgan sana: 7 noyabr 1917 yil

Vafot etgan sana: 2009 yil

Tug'ilgan joy:Tojikiston

Yo'nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

9516

Tarjimai hol

Nazarmat Egamnazarov shoir va nosir bo‘lishi bilan birga tarjimon hamdir. Uning tarjimalari talaygina. Nazarmat nosir sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. Nazarmatga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan. Mustaqillikning yetti yilligi munosabati bilan adibga “El-yurt hurmati” ordeni berildi.
Tarjimai hol
Jangchi shoir Nazarmat Egamnazarov 1917-yil 7-noyabrda Tojikiston Respublikasi Xo‘jand viloyati Nov qishlog‘ida dunyoga kelgan. U shoir Ashirmatning ukasi bo‘lib, 1935-yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand Davlat universitetiga o‘qishga kiradi. 1941-yilda dorilfununni bitiriboq urushga ketgan.
U yerda vzvod komandiri bo‘lib xizmat qilgan. So‘ngra 1944-1947-yillarda “Front haqiqati” gazetasida ishlagan. Armiyadan qaytgach, 1947-1954-yillarda hozirgi “O‘zbekiston ovozi”, 1955-1985-yillarda esa “Toshkent haqiqati” gazetalarida adabiyot va san’at bo‘limida muharrir bo‘lib ishlagan
Nazarmat ijodi 30-yillardan boshlangan bo‘lib, uning birinchi she’ri (“Qo‘zichoq”) 1934-yildanoq matbuotda e’lon qilina boshlagan. Birinchi to‘plami esa 1941-yilda “Yoshlik zavqi” nomi bilan nashr etiladi. Urush tufayli ikkinchi to‘plami ancha kech - 1949-yilda “Vatan ishqi” nomi bilan chop etilgan.
Hozirgi kunda uning yigirmadan ortiq she’riy, nasriy asarlari va qo‘shiqlar to‘plamlari chop etilgan. Xususan, uning “Yashil dalalar” (1955), “Sir bo‘yi - nur bo‘yi” (1959), “Tog‘dagi gulxanlar” (1962), “Nay sadosi” (1965), “Bahor qo‘shig‘i” (1968), “Shahrimiz bolalari” (1970), “Mangu olov” (1972), “Dostonlar” (1975), “Yo‘llar va gullar” (1977), “Mehrim-muhabbatim” (1983), “Tanlangan asarlar (1987), “G‘unchalar” (1987), “Muhabbat taronalari” (1992) kitoblari keng kitobxonlar ommasiga yaxshi tanishdir.
Nazarmat nosir sifatida ham barakali ijod qilib kelgan. Uning ocherk va hikoyalaridan “Qirg‘oqdagi jang” (1965), “Burch yo‘li” (1966), “Janggohdan qatralar” (1974), “Turnalar yo‘li” (1977), “Ona ko‘rsatgan yo‘l” kabi harbiy turkumdagi hikoya va ocherklari kitobxonlar e’tiborini qozongan.
Uning “Olovli tong” (1955), “Sayyod jasorati” (1972) qissalari harbiy hujjatli nasrimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Uning bolalar uchun yozgan “Shahrimiz bolalari”, “G‘unchalar” kabi she’riy to‘plamlari ham e’tiborga loyiq. Uning Bedil, Jomiy, Nosir Xusrav, Firdavsiy, Mirshakar, M.Tursunzodalar ijodidan qilgan tarjimalari talaygina.
U 2009-yilda vafot etdi. 2017-yilda yozuvchi tavalludining 100-yilligi nishonlandi.

Rasmlar galereyasi