Jonibekov Vladimir Aleksandrovich

Tavallud topgan sana: 13 may 1942 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent viloyati

Yo'nalishlar: Kosmonavtlar

8154

Tarjimai hol

Jonibekov Vladimir Aleksandrovich- kosmonavt-uchuvchi. U komandr kapitani sifatida 5 marta koinotga parvoz qilgan. 1985 yili Vladimir Jonibekov «aviatsiya general-mayori» unvoniga ega bo‘ldi, va shu yildan to 1988 yilgacha kosmonavtlar otryadi komandiri, 1988 yildan Yu.A.Gagarin nomidagi kosmonavtlar tayyorlash markazining nazariy va ilmiy-tadqiqot tayyorlash Boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining deputati (1985-90 yillarda)

Jonibekov Vladimir 1942 yil 13 mayda Iskandar qishlog‘ida (hozirgi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida) xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Rus millatiga mansub. 1960 yil Toshkentdagi Suvorov bilim yurtini tamomlagan. Harbiy bilim yurtiga kirolmagach, Leningrad davlat universitetiga o‘qishga kirdi, bir yildan so‘ng Yeyskdagi oliy aviatsiya bilim yurti kursanti bo‘ldi.

1965 yil bilim yurtni tamomlab, HHKlarida uchuvchi-instruktor bo‘lib xizmat qildi. 1970 yildan kosmonavtlar Otryadi.

Kosmik kema komandiri sifatida koinotga 5 marta parvoz qilgan. Ilk parvozi bort muhandisi Makarov Oleg Grigoryevich bilan 1978 yil 10-16 yanvarda - "Soyuz-27", "Salyut-6", "Soyuz-26", "Soyuz-27" fazo kemalarida amalga oshirdi.

Bunday yer yaqinida joylashgan orbita boshqaruv kompleksi birinchi martta yaratilishi edi. "Soyuz-26" ekipaji Yerga qaytdi.

1978 yil 16 martda SSSR Oliy Majlis Prezidiumi buyrug‘iga asosan polkovnik Jonibekov Vladimir Aleksandrovichga muvaffaqiyatli parvozi va ko‘rsatgan jasorati uchun Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni va Lenin ordeni, “Oltin Yulduz” medali bilan taqdirlandi.

1981 yil 22-30 mart kunlari Mongoliya Xalq Respublikasi fuqarosi Jugderdemediyn Gurragchyo bilan birga "Interkosmos" dasturi asosida "Soyuz-39", "Salyut-6"-"Soyuz T-4" fazo kemalarida ikkinchibor koinotga parvoz qildi.

1981 yil 30 martda SSSR Oliy MAleksandrovichajlis Prezidiumi buyrug‘iga asosan polkovnik Jonibekov Vladimir ga muvaffaqiyatli parvozi va ko‘rsatgan jasorati uchun ikkinchi marta "Oltin Yulduz" mukofoti bilan taqdirlandi.

Jonibekov V.Aning uchinchi parvozi 1982 yil 2 iyulda. xalqaro sovet-fransuz ekipaji bilan (muhandis borti - Ivanchenkov Aleksandr Sergeyevich, fazogir-tadiqiqotchi Fransiya Respubliksi fuqarosi Jan-Lu Kretyenlar) “Soyuz T-6", "Salyut-7","Soyuz T-5" fazo kemasida bo‘ldi..

1984 yil 17-29 iyul kunlari bort muhandisi Savitsk Svetlana Yevgenyevna, fazogir-tadqiqotchi Volk Igor Pretrovichlar bilan birga qahramonimiz to‘rtinchibor koinotga parvoz qilib, KK "Soyuz T-12, Salyut-7"-"Soyuz T-11"-"Soyuz T-12" fazo kemalarini boshqardi.

Uning so‘nggi beshinchi marta koinotga ko‘tarilishi 1985 yil 6 iyundan-26 sentyabrgacha davom etdi. Jonibekov "Soyuz T-13 fazo kemasida (bort muhandisi Savinix Viktor Petrovich) bilan "Salyut-7"-"Soyuz T-13"-"Soyuz T-14" orbita majmualarida, lekin yerga KK "Soyuz T-13 kemasida Grechko Georgiy Mixaylovich bilan qaytdi.

1985 yili Vladimir Jonibekov «aviatsiya general-mayori» unvoniga ega bo‘ldi, va shu yildan to 1988 yilgacha kosmonavtlar otryadi komandiri, 1988 yildan Yu.A.Gagarin nomidagi kosmonavtlar tayyorlash markazining nazariy va ilmiy-tadqiqot tayyorlash Boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining deputati (1985-90 yillarda) bo‘ldi.

Jonibekov Vladimir Aleksandrovich 5 ta Lenin ordeni, Qizil Yulduzcha ordeni, bir qancha medallar, chet el ordenlari: Mongoliyaning Suxe-Batora, Legion faxri (Fransiya), Mongoliya Xalq Respublikasi Qahramoni unvonlariga ega bo‘ldi. Toshken shahrida ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni Jonibekov V.A.ga bronza haykali o‘rnatilgan.

Gagarin, Kaluga, Cherkessk (Rossiya), Arkalik (Qozog’iston), Xyuston (AQSh) shaharlarining e’tirofli fuqarosidir.

Sovet Ittifoqi ikki karra qahramoni B.A. Jonibekovning bronza xaykali Toshkentda o’rnatilgan.

Video galereya

Rasmlar galereyasi