Dauletov Abatbay Dauletovich

Tavallud topgan sana: 20 sentyabr 1942 yil

Vafot etgan sana: 7 aprel 2015 yil

Tug'ilgan joy:Qoraqalpog‘iston

Yo'nalishlar: Filologlar

4843

Tarjimai hol

Dauletov Abatbay Dauletovich -sovet va o’zbek filologi, Fanlar akademiyasi akademigi.

1942 yil 20 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida tug‘ilgan. Abatbay Dauletov 1964 yili Qoraqalpog‘iston davlat pedagogika institutini tugatib shu yerda ish faoliyatini boshlaydi. Keyinchalik Leningrad davlat universitetini 1972 yil bitirib, shu yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Abatbay Dauletov “Qoraqalpoq adabiy tilining zamonaviy tovushlari qatori” nomli doktorlik dissertatsiyasini 1992 yilda yoqlagan.

1995 yilda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi a’zosi etib tanlangan.

Olim o’nlab yillar davomida Qoraqalpoq davlat universitetida dastlab dotsent, professor, kafedra mudiri va fakultet dekani vazifalarida ishladi. U Qoraqalpoq adabiy tilining o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar qildi, yuqori malakali shogirdlar yetishtirdi.

Uning qo‘li ostida o‘nlab fan nomzodlari va fan doktorlari himoyaga chiqishgan.

U Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan arbob unvoni bilan ham taqdirlangan.

2015 yil 7 aprelda vafot etgan.

Rasmlar galereyasi