Borovkov Aleksandr Konstantinovich

Tavallud topgan sana: 16 mart 1904 yil

Vafot etgan sana: 15 noyabr 1962 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Filologlar, Ustoz va murabbiylar

4185

Tarjimai hol

Borovkov Aleksandr Konstantinovich - sovet lingvisti-turkshunos, O‘zbekiston FA muxbir a'zosi (1943), Sovet Ittifoqi Fanlar Akademiyasi muxbir a'zosi (1958), filologiya fanlari doktori.

Aleksandr Konstantinovich Borovkov 16 mart 1904 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1922 - 1928 yillarda O‘rta Osiyo davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetida tahsil olgan. O‘qish davrida O‘rta Osiyo Muzeyida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.

1929 - 1932 yillarda Sovet Ittifoqi Fanlar akademiyasining til va tafakkur institutida aspiranturada o‘qishni davom ettiradi. Uning ilmiy rahbari akademik N.Ya.Marr bo‘lgan.

Borovkov 1935 yil nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilmasdan tilshunoslik bo‘yicha fan nomzodi darajasiga erishdi. Xuddi shu yili u dotsent ham bo‘ldi.

1923 - 1928 yillarda Aleksandr O‘rta Osiyo davlat universitetida o‘qituvchilik qildi, 1928 - 1938 yillarda Leningrad Sharq institutida ham talabalarga saboq bergan.

1926 - 1928 yillarda O‘rta Osiyo Muzeyida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.1927 - 1928 yillarda O‘rta Osiyo Qo‘mitasida san'at va qadimiy yodgorliklar bo‘yicha ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan.

1935 - 1936 yillarda Nutq madaniyati institutida ilmiy xodim bo‘lgan, 1934 yildan ilmiy kotib lavozimlarida ishladi.

1938 yilda u Sovet Ittifoqi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti O‘rta Osiyo mahkamasi mudiri va katta ilmiy xodim bo‘lib ishladi.

1939 - 1945 yillarda u O‘zbekiston FAA - O‘zbekiston FA direktor o‘rinbosari vazifalarida ishladi.

1948 - 1950 yillarda Sovet Ittifoqi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida direktor o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritdi.

1943 yilda Borovkov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoniga sazovor bo‘ldi.

1953 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muxbir a'zosi.

1958 yilda Sovet Ittifoqi Fanlar akademiyasi muxbir a'zosi.

1959 yilda Sovet Ittifoqi Fanlar akademiyasi Leningrad Tilshunoslik institutida 1962 yilgacha direktor o‘rinbosari sifatida ishladi.

Olim Lenin mukofoti va “Hurmat belgisi” ordenlari bilan mukofotlangan.

Atoqli olim 15 noyabr 1962 yil Leningradda vafot etgan va Sankt-Peterburgdagi Shuvalov qabristoniga dafn etilgan.

Uning yo‘nalishidagi asosiy ilmiy ishlari O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatini o‘rganish, karachay-balg‘or grammatikasi, o‘zbek tili va adabiyoti, dialektologiya va leksikografiya bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi.

U Toshkentda bo‘lgan vaqt mobaynida zamonaviy o‘zbek ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Tolib Iymon Hirotiy (1961) ning “Badi-ul-lug‘at”i, “XII—XIII asrlarda O‘rta Osiyo tafsir leksikasi”da (1963) Borovkov fundamental eski o‘zbek lug‘atini yaratish uchun yo‘l ochdi.

Olim o‘zbek tilini o‘rganishda juda katta ishlarni amalga oshirish barobarida uning qoldirgan "O‘zbek-rus lug‘ati" juda boy materiallarni qurshab olganligi bilan mukammal darjani anglatadi, zero u ko‘p nusxalarda chop etilgan.

Rasmlar galereyasi