Tarjimai hol
Sergey Petrovich Borodin - Rus sovet yozuvchi, mashhur tarixiy romanlar muallifi. U 1941 yilgacha Amir Sargidjan tahallusi bilan ijod qilgan. O‘zbekiston SSR xalq yozuvchisi(1973). Stalin ikkinchi darajali premiyasi lauriyati (1942). VKP a’zosi (1943).
S.Borodin 1902 yili 12 (25) sentyabrda Moskvada ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi dvoryanlar davomchisi, onasi esa A.M.Ingalicheva tatar avlodining zodogon knyalarida bo‘lgan.
U 1913-1920 yillarda Belyov bilim yurtida o‘qigan, keyinchalik mahalliy Proletkulta studiyasi bilan hamkorlik qilgan. O‘zining birinchi ocherkini 1915 yil yil 12 yoshida, birinchi she’rini esa 1922 yili chop qilgan.
S.Borodin 1923 yili etnografik ekspeditsiyada bilan Buxoro va 1925-1926 yillarda Samarqandga borgan. 1926 yili V. Ya. Bryusova nomidagi Oliy adabiy-badiiy institutining rus folkloriga ixtisoslashtirilgan fakultetni tamomlagan.U uzoq vaqtlar Sharqda 1928, Qozog‘istonda 1929, Tojikistonda 1931, Armanistonda 1933 yillar yashagan. U bir muddat “Pereval” adabiyotchilar uyushmasi ishlab, 1931 yili u yerdan ketgan. Toshkentga 1951 yili kelib, filolog Roza Xasanovaga uylanadi.
U 1930 yillarda hikoya va qislarni SSSRning uzoq viloyatlaridan to‘plangan materiallar asosida yozadi. Uning birinchi tarixiy romani “Dmitriy Donskoy” bo‘lib, unda qadimgi ruslar haqida bayon etilgan. Ikkinchi tarixiy roman - “Samarqand osmonidagi yulduzlar” romani bo‘lib, unda markazida Temurlan turgan O‘rta osiyo va Kavkaz orti hududlarining XIV—XV asrlaridagi batafsil turmush tarzi ochib berilgan.
S.Borodin 1974 yil 22 iyunda vafot etadi va uni Chig‘atoy qabristoniga dafn qilishadi.
Ishlari:
Poslednyaya Buxara, 1932
Yegiptyanin, 1933
Master ptits, 1934
«Dmitriy Donskoy», 1941
Utrenka, 1942
Zvyozdi nad Samarkandom:
Xromoy Timur, 1955
Kostri poxoda, 1962
Molniyenosniy Bayazet, 1973
Borodinning Toshkentdagi uy muzeyi 1981 yilda ochilgan va shu yildan buyon faoliyat ko‘rsatmoqda.
Muzeyning manzili: Toshkent, Lashkarbegi ko'chasi, 18
Telefon: (+998 71) 237-52-09
Ish vaqti: 10:00 - 17:00
Dam olish kunlari: shanba, yakshanba