Boyxonova Zulayho Mamajanovna

Tavallud topgan sana: 28 aprel 1963 yil

Tug'ilgan joy:Namangan

Yo'nalishlar: Qo‘shiqchilar

8241

Tarjimai hol

Zulayho Mamajanovna Boyxonova (1963 yil 28 aprel Namanganda tug‘ilgan) - o‘zbek qo‘shiqchisi, o‘zbek qo‘shiqlar ijrochisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq artisti.

Zulayxo Boyxonova 1963 yil 28 aprel O‘zbekistonning Namangan viloyatida tavallud topgan.

1980 yil maktabni tugatib, 1981 yil Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat San'at institutining musiqali drama fakultetiga o‘qishga kirdi.

1986 yil oliygohni bitirib, “Muqimiy” nomidagi o‘zbek davlat musiqa va drama teatriga ishga kiradi. Teatrda u juda ko‘p spektakllarda bosh rollarni ijro etdi.

Teatr san'atidagi hizmatlari va takrorlanmas ijodi uchun 1996 yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘ldi va 2003 yil esa O‘zbekiston Xalq artisti unvoniga ega bo‘ldi.

2005 yilda Zulayho Boyxonova Madaniyat va sport vazirligi tomonidan “Sahnamiz farishtasi” nomi bilan taqdirlandi.

Xonanda hozirgi kunda ustozi O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov boshchiligida “Ofarin” ansamblining xonandasi bo‘lib ishlaydi.

Filmografiya—Shaytanat(serial)

Rasmlar galereyasi